18:25 / 10.05.2018
4 146

2018 yilda birinchi marta jismoniy shaxslar tadbirkorlarga nisbatan ko‘proq valyuta sotib oldi

2018 yilda birinchi marta jismoniy shaxslar tadbirkorlarga nisbatan ko‘proq valyuta sotib oldi
Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, 2018 yilda birinchi marta jismoniy shaxslar tadbirkorlarga qaraganda ko‘proq valyuta sotib oldi.

Aprel oyida jismoniy shaxslar 24,57 million dollar sotib olgan bo‘lsa, xususiy tadbirkorlar - 22,28 million dollar. Taqqoslash uchun, mart oyida jismoniy shaxslar 14,6 million dollar sotib oldi, tadbirkorlar - 17,6 million dollar.

Qishda bu farq yanada kattaroq bo‘ldi - yanvar-fevral oylarida tadbirkorlar 44,78 million dollar sotib olgan bo‘lsa, jismoniy shaxslar - 26,65 million dollar.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonga pul jo‘natmalari hajmi 1,3 milliard dollarni tashkil etgani xabar berilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » 2018 yilda birinchi marta jismoniy shaxslar tadbirkorlarga nisbatan ko‘proq valyuta sotib oldi