19:03 / 10.05.2018
3 207

2018 yilda O‘zbekiston YaIM 5,1 foizga o‘sadi

2018 yilda O‘zbekiston YaIM 5,1 foizga o‘sadi
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prognozlariga ko‘ra, 2018 yilda O‘zbekistonda YaIMning real o‘sishi avval aytilganidek 6,2 foizni emas, 5,1 foizni tashkil etadi.

Bank mutaxassislari ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Yalpi ichki mahsuloti o‘sishi 2019 yilda 5,3 foizga yetadi.

YeTTB ekspertlari qayd etishicha, O‘zbekiston iqtisodiyoti ichki investitsiyalar barqarorligi va eksport hajmi ortishi evaziga ko‘tarilishini kutish mumkin.

Avvalroq, Jahon banki 2018 yilda O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sishi 7,8 foizni, 2019 yilda esa 7,8 foizni tashkil etishini prognoz qilgan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)