date
views 7 957

O‘zbekistonda ulgurji savdo bilan shug‘ullanish uchun litsenziya talab qilinmaydi

O‘zbekistonda ulgurji savdo bilan shug‘ullanish uchun litsenziya talab qilinmaydi
O‘zbekistonda 2019 yildan boshlab ulgurji savdo bilan shug‘ullanish uchun litsenziya talab qilinmaydi. Bundan tashqari ulgurji savdo bilan shug‘ullanadigan korxonalar maxsus soliqqa tortilmaydi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyevning savdoni erkinlashtirish va raqobatni rivojlantirish bo‘yicha farmonida keltirilgan.

Hozir ulgurji savdo bilan shug‘ullanish uchun korxona hokimiyat va soliq organlari tasdiqlaydigan litsenziya olishi zarur. Ulgurji savdodan tushumlar esa korxona hisobiga tushishdan oldin 5 foizlik soliq ushlab qolinadi.

Masalan, korxona 100 mln so‘mga tovar sotsa, asosiy hisob raqamiga 95 mln so‘m kelib tushadi.

Yangi farmon bilan aksiz solig‘i solinadigan tovarlarning ayrim turlarini (avtomobil, o‘simlik moyi va boshqalar) sotishdan tushadigan tushumlarning hisobini yuritishning maxsus tartibi ham bekor qilinadi. Bundan tashqari, 2019 yildan boshlab ko‘chma savdoni amalga oshirish uchun ruxsatnoma olish ham shart bo‘lmaydi.

Davlat korxonalari uchun mahsulot sotib olayotganida haqining 15 foizini oldindan to‘lash talabi ham bekor qilinadi.

Oldinroq shu haqidagi farmon muhokamaga qo‘yilgani va tez orada qabul qilinishi haqida aytilgan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonda ulgurji savdo bilan shug‘ullanish uchun litsenziya talab qilinmaydi