O‘zbekistonda 2018 yil yakunida inflyatsiya 18 foizni tashkil qiladi. Ayni damda inflyatsiya 16 foizni tashkil qilmoqda. Bu haqda Xalqaro valyuta jamg‘armasining (XVJ) Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo bo‘yicha departament direktorining maslahatchisi Albert Yeger O‘zbekiston Moliya vaziri va Markaziy bank raisi bilan bo‘lgan uchrashuvda aytib o‘tdi.
Uning fikricha, narxlar liberalizatsiyasi davrida inflyatsiyaning yuqori darajada bo‘lishi kutilgan edi.
Ekspertning ta’kidlashicha, davlat imtiyozli kreditlarini kamaytirishi lozim. Bu yil umumiy kreditlar hajmi o‘tgan yilgiga nisbatan 44 foiz oshgan. Bu esa inflyatsiyani oshiradi. Bundan tashqari, soliq sohasida o‘tkazilishi kutilayotgan islohotlar davlat daromadlarini kamaytirib yuboradi.
Oldinroq, XVJ delegatsiyasining yakuniy bayonotida O‘zbekistonda inflyatsiya darajasi narxlar va oylik qiymati o‘sishiga qaramasdan 2019 yil oxirida 12-14 foizgacha tushadi deyilgan edi.
Ammo Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga qaraganda, O‘zbekistonda oktyabr oyida tovar va mahsulotlar narxi o‘tgan oyga nisbatan 1,3 % oshgan. Shu tariqa yanvar-oktyabr uchun umumiy inflyatsiya darajasi 9,5 foizga teng bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Global Janub kimniki?
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi