O‘zbekiston aholisi bir oyda o‘rtacha 200-250 mln AQSh dollari miqdorida valyuta ayirboshlamoqda. Bu haqda Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov ma’lumot berdi.
Markaziy bank ma’lumotlariga qaraganda, birinchi yarim yillik mobaynida banklar aholidan deyarli 1,3 mlrd AQSh dollari miqdoridagi valyutani sotib olgan.
Raisning ta’kidlashicha, valyuta kursining liberalizatsiyasigacha valyuta birjasida bir oyda umumiy hisobda 700 mln AQSh dollari miqdorida savdolar amalga oshirilgan bo‘lsa, liberalizatsiyadan so‘ng savdolar hajmi 2,3 mlrd AQSh dollarini tashkil qilmoqda.
Joriy yilning sentyabr oyida O‘zbekiston oltin-valyuta zaxirasi 463,5 mln AQSh dollariga kamaydi va 1 oktyabr holatiga ko‘ra, 26,4 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi. Oltin-valyuta zaxirasining kamayishiga asosiy sabab zaxiradagi xorijiy valyutaning kamayishi hisoblanadi.
Aholiga valyutani ayirboshlash uchun qulaylik yaratish maqsadida valyutalarni komissiyasiz konvertatsiya qilish mumkin bo‘lgan yangi bankomatlar o‘rnatilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi