20:30 / 09.12.2018
4 829

O‘zbekistonda dollar kursi oshishdan to‘xtadi

O‘zbekistonda dollar kursi oshishdan to‘xtadi
AQSh dollarining rasmiy kursi 125 kunda birinchi bor o‘sishdan to‘xtab, 2,2 so‘mga pasaymoqda, deb yozadi Turon24. Prognozga ko‘ra, dushanba (10 dekabr)dan dollar kursi 8312,6 so‘mga teng bo‘ladi. Bu haqda valyuta birjasida savdo yakunlari dalolat beradi.

O‘zbekistonda dollar kursi oxirgi 18 hafta davomida muttasil oshib kelgan edi. Joriy yilning 7 avgustida dollarning eng past kursi – 7783 so‘m darajasida qayd etilgan bo‘lsa, 4 oy davomida dollar 531 so‘mga qimmatlashib, o‘tgan haftada uning kursi 8314 so‘mga yetgan.

Markaziy bank sentyabrda dollar kursining oshib ketishi sababini tushuntirgan edi. Unga ko‘ra, O‘zbekistonda AQSh dollari kursining oshishi mamlakatning eng yirik savdo hamkorlari – Rossiya, Qozog‘iston, Xitoy va Turkiyada ro‘y berayotgan devalvatsiyaning oqibatida ro‘y berdi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonda dollar kursi oshishdan to‘xtadi