2018 yilning dekabr oyi davomida go‘sht va parranda go‘shti mahsulotlari narxi o‘rtacha 1,3%, yil mobaynida esa 21,2 %ga qimmatlashgan.
Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, baliq va baliq konservalari narxlari dekabr oyida 1,6%, yil davomida esa 30,4%ga ko‘tarilgan.
Oy davomida qo‘y va suyaksiz mol go‘shti narxlarining yuqori darajada qimmatlashganligi 2018 yilning iyun oyida qayd etilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati mos ravishda 6,4% hamda 6,0%ni tashkil etgan. Umumiy hisobda yil davomidagi narxlar o‘zgarishi quyidagi ko‘rinishga ega: suyakli mol go‘shti narxlari 26,9%, qo‘y go‘shti 24,6%, suyaksiz mol go‘shti 14,9%ga qimmatlashdi.
Ma’lumot uchun: dekabr oyida mol go‘shti (suyaksizdan tashqari) Toshkent va Xorazm viloyatlarida sezilarli darajada qimmatlashgan (oy davomida 2,9% va 1,4%).
Dekabr oyida qo‘y go‘shti narxlarining boshqa hududlarga nisbatan yuqori darajada qimmatlashganligi Samarqand va Toshkent viloyatlarida qayd etilgan (oy davomida 2,6% va 2,0%). Suyaksiz mol go‘shti narxlari dekabr oyida o‘tgan oydagi narxlarga nisbatan o‘zgarishsiz qolgan.
2018 yil boshidan mol va qo‘y go‘shti narxlarining maksimal darajada Sirdaryo viloyatida (suyakli mol go‘shti 39,1%, qo‘y go‘shti 34,4%, suyaksiz mol go‘shti 17,7%) qimmatlashganligi kuzatilgan. Suyakli mol go‘shti narxlarning minimal darajada oshganligi esa Qashqadaryo viloyatida (19,2%), suyaksiz mol go‘shti Jizzax viloyatida (11,0%), qo‘y go‘shti esa Andijon viloyatida (16,1%) ro‘yxatga olingan.
Parrandachilik mahsulotlari narxlari avgust oyidan boshlab barqaror o‘sish tendensiyasiga ega bo‘ldi. Jumladan, avgust-dekabr oylari davomida tuxum narxlari 32,1%, parranda go‘shti (sonlardan tashqari) 20,6%, tovuq boldiri va son qismlari 12,7%ga o‘sdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi