O‘zbekistonda kompaniyalarning o‘sib rivojlanishi va bandlik bilan bog‘liq muammolarning saqlanib qolishiga, qisman, normativ hujjatlardagi yo‘riqlar ham sababchi bo‘lmoqda. Bulardan biri — ikki standart asosida ishlayotgan O‘zbekiston soliq tizimi, deb bayon qilinadi Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasi e’lon qilgan hisobotda.
«Soliq tizimida o‘rnatilgan tartib qo‘shimcha ishchi kuchini yollash, ularning bandligini rasmiylashtirishga rag‘bat bermaydi. Negaki, soliq yuki bo‘yicha chegara nuqtasi ishchilar soni bilan o‘lchanadi. Bu esa optimal bo‘lmagan bandlik koeffitsiyentiga sababchi bo‘lyapti, ishchi kuchidan norasmiy foydalanishga undaydi, shuningdek, turfa daraja va makondagi iqtisodiyotdan mahrum etadi», — deyiladi hisobotda.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 22-moddasida ta’kidlanishicha, mikrofirmalar va kichik korxonalar — belgilangan mezonga xodimlarining soni bo‘yicha mos keladigan yuridik shaxslar.
Hisobotda aytilishicha, alohida kompaniya va subsektorga berilgan soliq imtiyozlari vaziyatni yanada chigallashtiradi. O‘zbekistonning eksportdagi raqobatbardoshligi oxirgi o‘n yillikda tushib ketgan.
«Qo‘shni mamlakat — Qozog‘istonning bu boradagi raqobatbardoshligi 14 foizga oshdi, Sharqiy Osiyo va Tinch okeani havzasi mamlakatlarida esa bu ko‘rsatkich 42 foizni tashkil etdi», — deyiladi unda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Qozog‘istonda sobiq ichki ishlar vaziri qo‘lga olindi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz"
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi
Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat