Foto: O‘zA
Pekinda Bosh vazir o‘rinbosari Elyor G‘aniyev, «O‘zdavkarantin» inspeksiyasi boshlig‘i Ibrohim Ergashev Xitoy Bojxona ma’muriyati boshlig‘i Ni Yufen bilan fitosanitar talablar asosida qator mahsulotlar eksportini amalga oshirish borasida muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda inspeksiya matbuot xizmati ma’lum qildi.
Uchrashuvda tomonlar Xitoyga qovun eksportiga fitosanitariya ruxsatnomasini berish tartibini muhokama qildi. Xitoy tomoni inspeksiyadan olingan texnik ma’lumotlarga asosan zararkunanda xavfini tahlil qilish jarayoni yakunlanganini ta’kidladi. Xitoy davlati qonunchiligiga ko‘ra, mutaxassislar qovun dalalarini atroflicha tekshiruvdan o‘tkazadi. Yakunda tegishli hujjat imzolanib, ushbu mahsulotlar importiga ruxsat beriladi.
Bundan tashqari, 2019—2020 yillarga mo‘ljallangan idoralararo hamkorlik dasturi loyihasi ko‘rib chiqildi. Ikki yillik muddatni o‘z ichiga olgan mazkur hujjatda O‘zbekistondan Xitoyga qovun, anor, uzum, limon va boshqa mahsulotlar eksporti masalasi ko‘zda tutilgan. Ushbu loyiha hujjatlari joriy yilning may oyida xitoylik mutaxassislarning Toshkenga safari doirasida imzolanishi mumkin.
Uchrashuvda o‘simliklar karantini tizimida soha xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari ham muhokama qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling”
O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi
O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi
Binance asoschisi to‘rt oylik qamoq jazosiga hukm qilindi
Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas
Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi