2019 yil 1-choragida O‘zbekiston Markaziy banki 6,2 tonna oltin sotib, bu borada dunyo yetakchisiga aylandi. Bunday ma’lumotni Jahon oltin kengashi (World Gold Council) o‘zining navbatdagi dokladida keltirgan.
Joriy yilning yanvar-mart oylarida oltin sotish bo‘yicha 2-o‘rinni 3,4 tonna oltin eksport qilgan Mo‘g‘uliston, 3-o‘rinni 1 tonna oltin sotgan Tojikiston egallagan.
Avvalroq yilning 1-choragida jahon davlatlari milliy banklari oxirgi 6 yil ichidagi rekord hajmdagi – 145,5 tonna oltin sotib olgani ma’lum qilingandi. Bu hajm 2018 yilning shu davriga nisbatan 68 foiz ko‘proqni tashkil qilgan.
Ma’lum qilinganidek, oltin sotib olish bo‘yicha Rossiya yetakchilik qilib, qimmatbaho metalldan 55,3 tonna sotib olib, o‘z oltin zaxiralari hajmini 2168,3 tonnagacha yetkazib qo‘ygan. Shuningdek, Turkiya (40,1 tonna), Xitoy (33 tonna), Qozog‘iston (11,2 tonna), Ekvador (10,6 tonna), Qatar (9,4 tonna), Hindiston (8,4 tonna) va Kolumbiya (6,1 tonna) faol ravishda oltin sotib olgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi
Sun’iy intellekt qadimgi yunon faylasufi Platonning qabrini topdi
Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarni bir so‘z bilan ta’rifladi
O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi
YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi
«Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi