2 669
Germaniya O‘zbekistonga tibbiyotni rivojlantirish uchun 123,8 mln yevro mablag‘ ajratadi
Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer O‘zbekistonga 2 kunlik tashrifi davomida O‘zbekiston hukumatini islohotlar yo‘lini davom ettirishga chaqirdi. Bu haqda DW nemis nashri xabar berdi.
Shtaynmayer O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralardan keyin O‘zbekistonning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalardagi yutuqlari ortidan “katta hurmat bilan” kuzatishini ta’kidlab o‘tgan.
“Markaziy Osiyo respublikasi rahbariyati islohotlar yo‘lini qat’iy davom ettirishi kerak”, deb qo‘shimcha qilgan Germaniya prezidenti.
Shavkat Mirziyoyev, o‘z navbatida, “Islohotlar har doim ham so‘zsiz qo‘llab-quvvatlanmasligini, biroq orqaga yo‘l yo‘qligini” ta’kidlab o‘tgan.
Shu kuniyoq ikki davlat vakillari hamkorlikni kengaytirish haqidagi kelishuvni imzolashgan. Germaniyaning iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish masalalari vazirligi keyingi 2 yil ichida bu maqsadlarda 123,8 mln yevro ajratishga va’da bergan.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, o‘zaro hamkorlik O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimini yaxshilash va barqaror iqtisodiy rivojlanishni qamrab oladi. Berlin ajratadigan mablag‘lar, jumladan, O‘zbekiston viloyatlaridagi shifoxonalarni modernizatsiyalash, tibbiy personal uchun ta’lim dasturlari, silga qarshi kurash hamda qishloq xo‘jaligini mustahkamlash uchun yo‘naltiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi
Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi?
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi