
O‘zbekistonning yangi Soliq kodeksi kelgusi yildan ishlay boshlashi kerak, dedi davlat soliq qo‘mitasi boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari Aziz Umirzaqov.
«Soliq kodeksi 1 yanvardan kuchga kirishini kutish mumkin. Yangi me’yorlar kelgusi yildan ishlay boshlashi uchun bor imkoniyatni ishga solamiz. Islohotlar borasida tajribaga egamiz, o‘z xato va ustunliklarimizni bilamiz. Bularning barini yangi kodeksda aks ettirdik. Soliq tizimini maqbullashtirish jarayonini cho‘zmaslik uchun uni kelgusi yildan joriy etishimiz lozim», – dedi Umirzaqov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hujjat «yaqin vaqt ichida» muhokamaga qo‘yiladi, hozirda uni muvofiqlashtirish jarayon kechmoqda.
Eslatib o‘tamiz, soliq tizimini takomillashtirish konsepsiyasiga ko‘ra, yangi kodeks 2019 yil 1 yanvardan kuchga kirishi lozim edi. Biroq muddat ortga surildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar