3 898
O‘zbekistonda qanday tovarlarni ishlab chiqarish biznes uchun manfaatli ekanligini bilasizmi?
Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati
Bugungi kunda Prezidentimiz tomonidan xalq turmush farovonligini yanada oshirish maqsadida mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, aholini sifatli va ekologik toza mahsulotlar bilan ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda, deb yozmoqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.
Islohotlar doirasida nafaqat import o‘rnini bosuvchi, balki eksportga yo‘naltirilgan tovarlarni ishlab chiqarish uchun tadbirkorlarga barcha shart-sharoitlar yaratilmoqda.
Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan mamlakatimizga xorijdan import qilinayotgan asosiy xalq iste’mol tovarlarining hajmlari doimiy ravishda tahlil qilib borilmoqda.
Tahlillar, mamlakat aholisi uchun zarur bo‘lgan xalq iste’mol tovarlari katta hajmlarda import qilinayotganligi, mazkur holat esa bu turdagi tovarlarga ehtiyoj hamon yuqori ekanligini ko‘rsatmoqda.
Shuningdek, o‘rganishlar import qilinayotgan aksariyat tovarlar respublikaning tadbirkorlari tomonidan ishlab chiqarilishi mumkinligini, buning uchun esa barcha shart-sharoitlar mavjudligini ko‘rsatdi va Davlat bojxona qo‘mitasi ushbu turdagi mahsulotlar haqida tadbirkorlarga batafsil ma’lumotlarni yetkazmoqda.
Taqdim etilayotgan ushbu ma’lumotlar respublika aholisi uchun zarur bo‘lgan xalq iste’mol tovarlarini ishlab chiqarishni rejalashtirish va yo‘lga qo‘yish, shuningdek, o‘z biznesingizni yanada kengaytirish orqali mamlakatning iqtisodiy salohiyatini oshirish, qo‘shimcha ishchi o‘rinlarini yaratishda xizmat qiladi.
Qo‘shimcha ma’lumotlar bo‘yicha qo‘mitaning Tashqi savdo operatsiyalari monitoringi va bojxona statistikasi boshqarmasi (78) 120-76-97 va Axborot xizmatining (78) 120-76-17 telefon raqamlariga murojaat qilish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»