17:30 / 13.09.2019
2 590

Soliq qonunchiligiga rioya etilishini nazorat qiluvchi yagona axborot platformasi ishlab chiqiladi

Soliq qonunchiligiga rioya etilishini nazorat qiluvchi yagona axborot platformasi ishlab chiqiladi
Foto: Davlat soliq qo‘mitasi
Davlat soliq qo‘mitasida “Huawei” kompaniyasi bosh direktori Lyu Szyasin boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda DSQ matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, unda O‘zbekiston soliq tizimiga raqamli texnologiyalarni joriy etish va davlat soliq xizmati organlari uchun yagona axborot platformasini ishlab chiqish masalalari muhokama qilingan.

Uchrashuvda Lyu Szyasin O‘zbekistondagi kabi keng ko‘lamli soliq islohotlari o‘z vaqtida Xitoyda ham amalga oshirilganligi, bunda sohani tartibga solish va optimallashtirishga alohida e’tibor qaratilganligi, yagona axborot platformasi soliq qonunchiligiga rioya etilishida samarali asos bo‘lib xizmat qilganligini qayd etib o‘tdi.

1994 yilda “Huawei” va uning hamkori “CEIEC” kompaniyalari tomonidan Xitoyda “Golden tax” (“Oltin soliq”) axborot platformasi ishlab chiqilgan. Mazkur tizim sohani axborotlashtirish orqali ishlab chiqarilgan mahsulotlarning iste’molchigacha bo‘lgan harakatini hamda ushbu jarayonda to‘lovlarning amalga oshirilishini har bir ishtirokchi kesimida nazorat qilish imkonini beradi.

Uchrashuvda aynan Xitoyda soliq tizimini raqamlashtirishga oid tajribasi bo‘yicha fikr almashildi.

Tadbir yakunida “Huawei” kompaniyasi vakillari va Davlat soliq qo‘mitasi rahbariyati o‘rtasida hamkorlik istiqbollari belgilab olindi. Xususan, o‘zbekistonlik mutaxassislar Xitoyga tashrif buyurib, “Golden Tax” tajribasini yaqindan o‘rganishi, o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etishi rejalashtirildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Soliq qonunchiligiga rioya etilishini nazorat qiluvchi yagona axborot platformasi ishlab chiqiladi