10:46 / 17.10.2019
2 486

O‘zbekiston joriy yilning 9 oyida qariyb 1 mlrd dollarlik meva-sabzavot eksport qildi

O‘zbekiston joriy yilning 9 oyida qariyb 1 mlrd dollarlik meva-sabzavot eksport qildi
Joriy yilning to‘qqiz oyida meva-sabzavot eksporti qariyb bir milliard dollarga yetdi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 16 oktyabr, chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan chorvachilik va bog‘dorchilik tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Xabar berilishicha, bo‘sh yerlardan unumli foydalanish, talab yuqori bo‘lgan ekin navlarini yetishtirish natijasida kelgusida ushbu ko‘rsatkichni yanada oshirish imkoniyati mavjudligi qayd etilgan.

Prezident bu borada amalga oshirilayotgan ishlar hali talab darajasida emasligini ta’kidladi. Xususan, Qibray va Toshkent tumanlarida mavjud bog‘larning 912 gektari yoki 20 foizi, tokzorlarning 164 gektari yoki 13 foizi eski va samarasizligi aniqlangan. Bundan tashqari, foydalanilmayotgan 1 400 gektar lalmi, shuningdek, g‘alla ekilayotgan 4 040 gektar yer maydoni mavjud. Ushbu tumanlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi 19 ta korxona 50 foiz quvvatda ishlamoqda.

Shu bois, meva-sabzavotga ixtisoslashgan barcha 55 ta tumanda bog‘dorchilik sohasida mutlaqo yangi tizim joriy qilinadi. Unga ko‘ra, xorij bozorlarida o‘z tovar belgisiga ega bo‘lgan eksportchilar hamda qayta ishlash korxonalari ishtirokida ushbu tumanlarda kooperatsiyalar tashkil etiladi. Har bir tumanda ekinlarni joylashtirish kooperatsiyalar taklifi bo‘yicha amalga oshiriladi, ular bog‘ va tokzorlarga ko‘chatlarni yetkazib berish, hosildorlikni oshirish yuzasidan ko‘maklashadi. Shuningdek, bog‘dorchilikka ixtisoslashgan har bir tumanda agrotexnik tadbirlarni to‘g‘ri amalga oshirish uchun o‘quv markazlarini ochish vazifasi qo‘yildi.

Moliya vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligiga yangi tizimni joriy etish, kooperatsiyalarni moliyaviy ta’minlash yuzasidan aniq amaliy takliflar ishlab chiqish topshirildi.

Yig‘ilishda belgilab berilgan vazifalarning pirovard maqsadi meva-sabzavot mahsulotlari eksporti hajmini yiliga 5 milliardga yetkazishdan iborat.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekiston joriy yilning 9 oyida qariyb 1 mlrd dollarlik meva-sabzavot eksport qildi