12:24 / 31.10.2019
2 711

Ko‘chmas mulkka soliq solish tizimi optimallashtiriladi

Ko‘chmas mulkka soliq solish tizimi optimallashtiriladi
O‘zbekistonda ko‘chmas mulkka soliq solish takomillashtiriladi. Bu haqda DSQ matbuot xizmati xabar bermoqda.
28 oktyabr kuni Davlat soliq qo‘mitasida Rossiya Federatsiyasining professional ta’lim instituti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ekspertlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqilayotgan ko‘chmas mulkka soliq solishni takomillashtirish konsepsiyasining metodikasi va asosiy bosqichlari muhokama qilindi.

Ushbu tizimni joriy etishdan asosiy maqsad – mamlakatda ko‘chmas mulkka soliq solish tizimini optimallashtirish, tizim shaffof, oshkora va adolatli bo‘lishi uchun yuqori sifatli mexanizmlarni ishlab chiqishdan iborat.

Iqtisod fanlari doktori, professor, ko‘chmas mulkka soliq solish yo‘nalishi bo‘yicha rahbar N.V. Volovich va institut rektori, loyiha menejeri Yu.V. Usova DSQning bir nechta boshqarmalari, xususan, strategik rivojlantirish, jismoniy shaxslarga soliq solish, yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish, kameral nazorat va AKT tuzilmalari faoliyati bilan tanishdilar.

Shuningdek, tashrif davomida mehmonlar O‘zbekiston Respublikasi yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri qo‘mitasi mutaxassislari bilan ham muzokaralar olib borishdi. Bundan tashqari, Moliya vazirligi va hokimiyatda uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Uchrashuvlar yakunlariga ko‘ra, aniq tavsiyalar asosida O‘zbekistonda ko‘chmas mulkka soliq solishni takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Ko‘chmas mulkka soliq solish tizimi optimallashtiriladi