10:25 / 06.11.2019
3 102

Soliq tekshiruvlarini samarali boshqarish tizimi joriy etiladi

Soliq tekshiruvlarini samarali boshqarish tizimi joriy etiladi
Davlat soliq qo‘mitasida Xalqaro valyuta jamg‘armasi eksperti Robert Rassel bilan uchrashuv o‘tkazildi.

DSQ matbuot xizmatiga ko‘ra, unda “Soliq tekshiruvini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom loyihasi, soliq tekshiruvlari va tahlika-tahlil yuzasidan Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasida 2 hafta mobaynida o‘tkazilgan o‘quv mashg‘ulotlarining yakuniy xulosalari muhokama qilindi.

Xalqaro valyuta jamg‘armasi tomonidan taklif etilayotgan “Case management system” (Soliq tekshiruvlarini boshqarish tizimi) yordamida soliq tekshiruvlarining qay darajada samarali amalga oshirilayotgani nazorat qilib boriladi.

Ta’kidlanishicha, soliq tekshiruvlarini samarali tashkil qilish uchun eng avvalo, yuqori malakali soliq auditorlarini tayyorlash talab etiladi. Shu bois, bu yo‘lda maxsus o‘quv mashg‘ulotlari dasturi tayyorlandi.

Uchrashuv yakunlariga ko‘ra bildirilgan tavsiyalar asosida Davlat soliq qo‘mitasi va XVJ o‘rtasida hamkorlikka oid “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilishiga kelishib olindi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Soliq tekshiruvlarini samarali boshqarish tizimi joriy etiladi