Yangi tahrirdagi soliq kodeksida soliqlarni unifikatsiyalash, o‘xshash soliq solish bazasiga ega soliqlarni birlashtirish orqali ular soni maqbullashtirildi, soliq hisobotlari kamaytirildi va soddalashtirildi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanalida aytib o‘tilgan.
Soliq turlari 9 tagacha qisqartirildi. Xususan, yagona yer solig‘i, davlat boji, bojxona to‘lovlari va tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iy belgilangan soliq turlari bekor qilindi.
Kodeksga ko‘ra, soliq organlari soliq tekshiruvlarining quyidagi turlarini o‘tkazadi:
— kameral soliq tekshiruvi;
— sayyor soliq tekshiruvi;
— soliq auditi.
(Ilgari soliq tekshiruvlari vakolatli organ bilan kelishuvga ko‘ra o‘tkaziladigan va vakolatli organni xabardor qilish tartibida o‘tkaziladigan tekshiruvlardan iborat bo‘lgan)
Kodeksga transfert narx shakllantirishni nazorat qilish normalari, «o‘zaro bog‘liq shaxslar» va «o‘zaro bog‘liq shaxslar o‘rtasida nazorat qilinadigan bitimlar», «nazorat qilinadigan chet el kompaniyasi» tushunchalari kiritildi.
Shu munosabat bilan ayrim tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan faoliyat amalga oshirilishi bilan bog‘liq «soliq to‘lovchilarni konsolidatsiyalashgan guruhi» tushunchasi va ularni soliqqa tortishning xususiyatlari belgilandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi