3 073
O‘zbekiston soliq tizimida 1 yanvardan boshlab 120 dan ortiq yangi qoida amaliyotga kiritildi
Foto: Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 8 yanvar kuni Davlat budjeti parametrlarini ijro etish va hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha joriy yilgi ustuvor vazifalarga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida muhim masalalardan biri — yangi Soliq kodeksini hayotga to‘liq tatbiq etish masalasi ham atroflicha muhokama qilindi.
Ta’kidlanishicha, o‘tgan yili soliq tizimidagi o‘zgarishlarning mazmun-mohiyatini aholi va tadbirkorlarga chuqur tushuntirish bo‘yicha Ishchi guruh tuzilgan edi. Uning hududiy tuzilmalari tomonidan bu borada manzilli ishlar olib borildi.
Joriy yil 1 yanvardan mamlakat soliq tizimida 120 dan ortiq yangi qoida amaliyotga kiritildi. Bu qoidalar to‘g‘ri qo‘llanishi, aholining huquq va manfaatlari ta’minlanishi uchun o‘zgarishlardan barcha xabardor bo‘lishi kerak.
Shu bois viloyatlar, tuman va shaharlar hokimlari boshchiligida iqtisodiy kompleks idoralari xodimlari va tadbirkorlarni o‘qitishni tashkil etish zarurligi ta’kidlandi.
Kodeksning mazmun-mohiyatini anglagan holdagina uning sifatli ijrosini ta’minlashga imkon bo‘ladi. Undan tashqari, hujjatda ko‘zda tutilgan qoidalarni keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida barcha tumanlarda davra suhbatlari, seminarlar va boshqa targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish muhimligi qayd etildi. Ommaviy axborot vositalarida targ‘ibot bo‘yicha media reja ishlab chiqib, birinchi chorak davomida barchaga yetkazish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.
Yangi kodeksda soliq organlariga ham ko‘plab vazifalar yuklatilgan. Ularni sifatli amalga oshirish uchun soliq xodimlari bilim va saviyasini keskin oshirishi, tadbirkorlarga munosabatini tubdan o‘zgartirishi zarurligi ta’kidlandi.
Davlat soliq qo‘mitasi, Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi va Biznes-ombudsmanga xalqaro tajriba asosida, tadbirkorlar bilan muhokama qilgan holda soliq tekshiruvlari o‘tkazish tartibini ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi