10 yanvar kuni Toshkent shahridagi “Poytaxt” biznes markazida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi rahbariyati ishtirokida 2019 yilda amalga oshirilgan ishlar hamda 2020 yilgi rejalarga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tdi.
Anjumanda ta’kidlanishicha, 2019 yil yakuniga ko‘ra, turistik xizmatlar eksporti ko‘rsatkichi 1 313 032 AQSH dollarini tashkil qilib, 2018 yilga nisbatan (2018 yilda 1 041 089) 26,1 foizga o‘sish qayd etildi.
Joylashuv vositalari soni jami 1188 tadan iborat bo‘lgan bo‘lsa, shundan 833 tasi – mehmonxonalar, 214 tasi – xostellar va 141 tasi boshqalar.
Mamlakat turizm salohiyatini dunyo jamoatchiligi orasida keng targ‘ib etish maqsadida AQSH, Yaponiya, Germaniya, Italiya, Xitoy, Indoneziya, Rossiya va boshqa mamlakatlardan jami 30 OAVning 160 dan ortiq vakillarining tashrifi tashkillashtirildi.
An’anaviy targ‘ibot usullari bilan bir qatorda zamonaviy targ‘ibotning zamonaviy usullaridan foydalanilmoqda, xususan, 17-21 dekabr kunlari Tokio (Yaponiya) shahridagi Sibuya maydonida O‘zbekiston turizm salohiyatini targ‘ib qiluvchi videorolik namoyish etildi.
O‘zbekistonga sayyohlarni jalb etishda turli ommaviy-madaniy ko‘ngilochar tadbirlar ahamiyatini hisobga olib, o‘tgan yildan boshlab har bir hududning o‘ziga xosligidan kelib chiqqan holda turli ommaviy tadbirlar tashkil etildi. Jumladan, birinchi marotaba tashkil etilgan Ziyorat turizmi forumi (Buxoro viloyati), Baxshichilik san’ati festivali, Arxeologiya forumi (Surxondaryo viloyati), Bahodirlar o‘yini (Xorazm viloyati), “Mo‘ynoq” avtoralli, “Stixiya” musiqa festivali (Qoraqalpog‘iston Respublikasi), MDH turizm yarmarkasi, (Samarqand viloyati), Geoturizm forumi, Anor festivali (Qashqadaryo viloyati), Elektron musiqa festivali, Gastronomik festival, “World Influencers Congress” (Toshkent shahri) kabi yirik tadbirlar o‘tkazildi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”