
Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov o‘zining tvitter sahifasida yanvar oyidagi inflyatsiya oxirgi to‘rt yilning shu oyidagi eng past ko‘rsatkich bo‘lganini qayd etdi.
«Yanvar oyida inflyatsiya – 0,6% tashkil etdi. O‘tgan yil xuddi shu davrda – 1,5%, 2018 yil yanvarida – 2,7; 2017 yilning shu oyida – 1,5% bo‘lgan.
Inflyatsiyani jilovladik deyishga hali erta. Biz, faqatgina inflyatsiya bilan kurashish mumkinligini ko‘rayapmiz xolos.
Lekin inflyatsiyaga ta’sir etuvchi bir nechta nomonetar omillar hali ham neytralizatsiya qilinmagan. Ishlashimiz kerak, asosiysi – inflyatsiyani o‘tgan yilgiga nisbatan pasaytirish ehtimoli anchagina yuqori», deb yozdi moliya vaziri. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar