16:15 / 09.02.2020
3 350

Soliq kodeksiga oid e’tirozlar. U eng adolatsiz kodeksmi?

Soliq kodeksiga oid e’tirozlar. U eng adolatsiz kodeksmi?
Hozir kunda eng noto‘g‘ri, eng murakkab, eng adolatsiz kodeks bu - SOLIQ kodeksi bo‘lsa kerak.
Chakana savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar (YATT) misolida ushbu tizimni naqadar samarasiz ekanligini tushuntirishga harakat qilaman.

Hozirgi soliq siyosati bo‘yicha YATTlar oldingi hisobot yilidagi bank orqali tushumlari(savdo aylanmalari)ga qarab soliqqa tortiladi.
Turli hududlarida faoliyat ko‘rsatadigan YATTlarning daromad soliqlarini olaylik:

1. Yangi ochilgan va oldingi hisobot davrida 100 mln so‘mdan past oborot qilganlarga 200 000 so‘m qat’iy oylik soliq belgilangan.
2. Oldingi hisobot davrida 100 mln so‘mdan -1 mlrd so‘mgacha oborot qilganlar oborot summasidan 4%
3. Oldingi hisobot davrida 1 mlrd so‘mdan yuqori oborot qilgan qilganlar QQS - 15%.

Uchinchi shkalaga YATT lar deyarli tushmaydi, chunki yillik oboroti 900 mln so‘mga yetganda (asosan 4-kvartalga to‘g‘ri keladi) hammasi «ruchnoy tormozni tortib qo‘yishadi». Chunki, deyarli 90% tovarini Toshkentdan yoki Xitoydan naqdga olib kelib, undan tushgan tushumdan 15% QQS to‘lasa «momolab» qoladi.

Eng ko‘p kuch ikkinchi shkalaga tushayapti. Chunki ularning 90 %i 5-6% «marja» (ustama) bilan ishlashadi.
Endi tasavvur qiling, ular oborotidan 4% ni soliqqa to‘lasa, transport, ijara, tushlik va RO‘ZG‘OR nima bo‘ladi?!

Yonidagi ESHMAT bir oyda 200 mln so‘m savdo qiladi, lekin Eshmat «shustriy», soliqda akaxoni bor shuning uchun bankka bir oyda maksimum 3 mln so‘m pul topshiradi va qat’iy belgilangan soliq — 200 000 so‘m soliq to‘laydi.

Bechora G‘ishmatni tanishi yo‘q, soliq chek bilan ushlashidan qo‘rqib 50-60% savdosini bankga topshirib boradi. Natijada bir oyda 100 mln so‘m topshirib qo‘yadi 4% = 4 mln so‘m soliq to‘laydi. Keyingi oy G‘ishmat ham Eshmatga iltimos qiladi, «og‘ayniz bilan tanishtirib qo‘ying, xizmatdamiz a», deb.

Xullas bozorda raqobat katta , yirik YATTlar 5-6% ustama bilan ishlaydi, ular uchun 4% ko‘plik qiladi.
4% soliq tizimi mavjud ekan, ular soliqdan qochish yo‘lining 1001 usulini kashf qilaverishadi, chunki boshqa yo‘l yo‘q, o‘zini oqlamaydi. Tovar narxini ko‘tarsa 2 oyda doimiy mijozlaridan ayriladi va kasodga uchraydi.

Iqtisodiyotimizni reanimatsiyada kislorod orqali zo‘rg‘a nafas olayotgan bemorga o‘xshataman, soliq tizimini esa shu kislorod shlangini bosib turgan befarosat hamshiraga qiyoslayman(ming bor uzr)...

Oborotdan 4%lik soliq joriy etilgandan so‘ng bank orqali pul aylanmalari o‘rtacha 4 barobarga tushib ketdi.
Hozirgi soliq siyosati yashirin iqtisodiyotni qo‘llab quvvatlayapti xolos.

Shu 4%ni soliqni 2 % ga almashtirsa umumiy hisobda savdo tushumlari 2 barobar emas 10 barobar ortishiga, undan keladigan soliq 5 barobarga ko‘payishiga nahotki birortasini aqli yetmaydi?!

Aqlli, men hurmat qilgan soliqchilar ko‘p, lek «dux» yo‘q, hamma och qornim, tinch qulog‘im qabilada ish ko‘radi.
P.S. Senga nima? Nima sen ham blogermisan? deydiganlarga oldindan rahmat...

Uzoq ikkilanishdan so‘ng baribir ichimdagini aytmasam bo‘lmasdi.
P.P.S. Bu soliq sohasini yaxshi tushunadigan soha vakilining mulohazalari.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Soliq kodeksiga oid e’tirozlar. U eng adolatsiz kodeksmi?