Markaziy bank (MB) O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari statistikasini yangiladi.
2020 yil 1 fevral holatiga ko‘ra rasmiy zaxiralar 29,9 mlrd dollarni tashkil etdi. Xalqaro zaxiralar - 29,4 mlrd dollar. O‘zbekistonning zaxiralari zaif diversifikatsiyalangan, shuning uchun deyarli barcha miqdor xorijiy valyuta (12,6 mlrd dollar) va oltin (16,9 mlrd dollar) o‘rtasida taqsimlangan.
Markaziy bank ushbu ma’lumotlarni oshkor qila boshlaganidan beri (2017 yil kuzida) birinchi marta rasmiy zaxiralar qariyb 30 milliard dollardan oshdi.
Ular asosan oltin narxining o‘sishi hisobiga o‘sdi, sababi oltinning o‘zi 2019 yil oktabr oyida bo‘lgani kabi deyarli bir xil - 10,8 million troya unsiyasi (banklar va zargarlar tomonidan ishlatiladigan og‘irlik birligi 31,1034768 gramm). Agar tonnaga aylantirilsa, bu 336 tonnaga teng.
Zaxiralar, shu bilan birga, mamlakatning «xavfsizlik yostiqchasi» deb ham hisoblanadi - ular salbiy tashqi shok holatlarda zarbani kamaytiruvchi omil sifatida zarur va zaxiralarning yetarliligi shok holatlarning xususiyatiga bevosita bog‘liq.
2019 yil kuzida O‘zbekiston 13 oylik importni moliyalashtirish uchun yetarli zaxiraga ega ekani ma’lum bo‘ldi. Bu tavsiya etilgan ko‘rsatkichdan to‘rt baravar ko‘p. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi