O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida o‘tkazilgan matbuot anjumanida soliq siyosatini takomillashtirish mavzusida ma’lumotlar berildi.
Matbuot anjumanida yangi tahrirdagi Soliq kodeksidagi me’yor va imtiyozlar haqida ham so‘z bordi. Unga muvofiq, Soliq kodeksining eski tahririda nazarda tutilgan imtiyozlar 2020 yilning 1 aprelidan boshlab bekor qilinishi belgilangan.
Bunda ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan ta’lim, tibbiyot, madaniyat, maishiy xizmat bo‘yicha soliq imtiyozlari saqlanib qolindi.
Iqtisodiyotning muhim tarmoqlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan imtiyozlar ularning amal qilish muddati tugaguniga qadar kuchini yo‘qotmaydi.
Shuningdek, yangi tahrirdagi Soliq kodeksi bilan soliq imtiyozlari berishning yangi prinsipi joriy etildi.
Soliq kodeksining 75-moddasiga asosan ayrim soliqlar bo‘yicha soliq imtiyozlari (QQS, aksiz solig‘i va yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqdan tashqari) Prezident qarori bilan faqat belgilangan soliq stavkasini kamaytirish, lekin ko‘pi bilan 50 foizga kamaytirish va uch yil muddatga berilishi mumkinligi belgilandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi