17:37 / 16.04.2020
4 278

Birja savdolarida unning narxi oshib ketyapti. Bu nima bilan bog‘liq?

Birja savdolarida unning narxi oshib ketyapti. Bu nima bilan bog‘liq?
Bugun AOKA huzuridagi shtabda «Tovar xom-ashyo birjasi» AJ axborot xizmati rahbari Hikmatilla Tillaboyev ishtirokida brifing o‘tkazildi. Unda savol va murojaatlarga javob qaytarildi.

– Karantin davrida birja savdolarida sotilayotgan unning narxi oshib ketyapti. Bu nima bilan bog‘liq?
– Joriy yilning 16 martidan birjaning un bozorida talab o‘sishi kuzatilmoqda.

Xususan, mart oyining boshlarida un bo‘yicha birja savdolarida o‘rtacha 1 800 ta xaridor ishtirok etgan bo‘lsa, bugungi kunda ularning soni o‘rtacha 4 500 taga yetdi.

Ayni paytda birja savdolariga har kuni o‘rtacha 6 900 tonna 1-navli un qo‘yilmoqda va ularning hammasi sotilmoqda.
Bularning natijasida ko‘rib chiqilayotgan davrda unning o‘rtacha haftalik kotirovkasi, ya’ni narxi bir kilogrammi uchun 2 494 so‘mdan 2 471 so‘mgacha pasaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Birja savdolarida unning narxi oshib ketyapti. Bu nima bilan bog‘liq?