1 634
Hududlarda meva-sabzavotchilik tarmog‘ini rivojlantirishga 337,7 mln dollar mablag‘ ajratiladi
Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) ishtirokida meva-sabzavotchilik tarmog‘ida qo‘shilgan qiymat zanjiri yaratish loyihasi amalga oshiriladi.
Loyihani amalga oshirish davri 6 yilni (2020–2025 yillar) tashkil etadi, u Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlarda amalga oshiriladi. Uning umumiy qiymati 337 685 ming AQSH dollariga teng, undan 213 175 ming AQSH dollari – JICA qarzi, 58 980 ming AQSH dollari – soliq va bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar berish shaklida O‘zbekiston ulushi, 65 530 ming AQSH dollari – ishtirokchilar ulushini tashkil etadi.
Norma’ning yozishicha, agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi loyihaning o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshirilishi, uni muvofiqlashtirish va boshqarish, monitoring qilish va hisobotni yuritish uchun mas’ul ijro etuvchi organ hisoblanadi. Loyihani amalga oshirish guruhi tashkil etilgan. O‘zbekiston milliy banki JICA qarziga xizmat ko‘rsatuvchi moliyaviy agent hisoblanadi. Loyihada ishtirok etuvchi tijorat banklariga AQSH dollarida yoki o‘zbek so‘mida qarz mablag‘lari ajratiladi, valyuta xatari respublika budjeti hisobidan qoplanadi.
Bir oy muddatda subloyihalarni tanlab olish va baholash tartibi tasdiqlanadi. Mahalliy hokimiyat organlari vakolatli organlar va banklar bilan birgalikda kredit mablag‘lariga ehtiyojmand va iqtisodiy samarador loyihalarni amalga oshiradigan tadbirkorlar ro‘yxatini shakllantiradi. Moliyalashtirilgan subloyihalar to‘g‘risida, ularning o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishi ustidan monitoring natijalari yuzasidan har chorak yakuni bo‘yicha Moliya vazirligi va Vazirlar Mahkamasiga hisobot kiritiladi.
Loyihani amalga oshirish doirasida JICA qarzi hisobidan xarid qilinadigan tovarlar va xizmatlar bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlardan tashqari) hamda mamlakat ichkarisida xarid qilinadigan tovarlar va xizmatlar QQSdan ozod etiladi.
Hujjat 11.04.2020 yildan kuchga kirdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi