O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev sanoat, qurilish va infratuzilma tarmoqlari korxonalarining to‘liq ishlashini ta’minlash masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida karantin davrida soliq tushumlari kamayib ketgani haqida gapirdi.
Davlat rahbari O‘zbekistonda karantin muddatini joriy yilning 10 mayiga qadar uzaytirilganiga to‘xtalar ekan, vaziyat nechog‘li jiddiyligini ta’kidladi.
«Fuqarolarimizning daromad manbayi cheklanib qolmoqda, odamlar qiynalyapti. O‘z navbatida joylarda qurilish, ishlab chiqarish korxonalarining aksariyat qismi faoliyatini to‘xtatdi yoki to‘liq quvvat bilan ishlamayapti», dedi prezident.
Prezident bu holat hududlarda iqtisodiyot va ijtimoiy sohaga, aholi hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganiga e’tibor qaratdi.
Ma’lum qilinishicha, davlat budjetiga soliq tushumlari so‘nggi bir haftada Navoiyda 11 milliard, Jizzaxda 15 milliard, Qashqadaryoda 22 milliard, Sirdaryoda 12 milliard so‘mga kamayib ketgan.
«Pandemiyadan zarar ko‘rgan ko‘plab xorijiy davlatlar karantin cheklovlarini bosqichma-bosqich yenillashtirib borayotganiga guvoh bo‘lyapmiz. Bizda ham karantin boshlanganiga mana, bir oy bo‘ldi. Umuman koronavirus aniqlanmagan tuman, shaharlarimiz bor. Birinchi navbatda ushbu hududlarda karantin cheklovlarini sekin-astalik bilan yumshatish fursati keldi.
Xalq deputatlari shahar, tuman kengashlari qarori bilan qaysi korxonalarni birinchi navbatda ishlatish kerakligi to‘g‘risida taklif olamiz. Ishlab chiqarish, qurilish korxonalari mutlaqo to‘xtab qolmasligi kerak. Hokimlar kafolat xati beradi.
Shuni ta’kidlashni istardim, bu yumshatish sanitariya va karantin qoidalariga yuz foiz amal qilingan holda amalga oshiriladi. Chunki biz odamlarimizni boqishimiz kerak, hayot davom etyapti», dedi prezident. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi