2020 yilning yanvar aprel oylarida ichki valyuta bozoridagi holat barcha segmentlarda xorijiy valyutaga bo‘lgan talab va taklif hajmining o‘sishi sharoitida shakllandi. Bu haqda Markaziy bankning ichki valyuta bozori bo‘yicha qisqacha sharhida keltirib o‘tildi.
Ichki valyuta bozoridagi operatsiyalarning umumiy hajmi 5,4 milliard dollarni tashkil etib, 2018 va 2019 yillarning tegishli davrlariga nisbatan mos ravishda 1,8 va 1,3 barobarga o‘sdi:
Chet el valyutasiga bo‘lgan talab
2020 yilning dastlabki 4 oyi davomida yuridik shaxslarning chet el valyutasiga bo‘lgan talabi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,1 barobarga o‘sib, 4,2 milliard dollarni tashkil etdi.
Bu davrda birjadan tashqari valyuta bozorida xo‘jalik sub’ektlari tomonidan 1,6 milliard dollar miqdorida chet el valyutasi sotib olingan bo‘lsa, valyuta birjasidagi operatsiyalar hajmi 3,1 milliard dollarni tashkil etdi:
Chet el valyutasi quyidagi maqsadllarda sotib olingan:
- ishlab chiqarish uchun asbob-uskunalar, tovarlar va xom ashyo importi to‘lovlari uchun — 63 foiz;
- xalq iste’moli tovarlari va dori-darmon mahsulotlari importi uchun — 22 foiz;
- xorijiy kreditlarni so‘ndirish — 12 foiz;
- xorijiy investorlar repatriatsiyasi — 1 foiz;
- boshqa maqsadlar uchun — 2 foiz.
Ichki valyuta bozorida chet el valyutasini xarid qilgan kompaniyalarning o‘rtacha oylik soni 6 183 tani tashkil etib, o‘tgan yil mos davriga nisbatan 723 taga ko‘paygan.
Hisobot davrida jismoniy shaxslar tomonidan valyuta ayirboshlash shoxobchalari orqali sotilgan chet el valyutasi miqdori 1,5 milliard dollarni tashkil etib, avvalgi yilning mos davriga nisbatan 1,7 barobar oshgan. Shu davrda jismoniy shaxslar 1 milliard 166 million dollar sotib olib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,4 barobar oshgan.
2020 yil aprel oyining so‘nggi o‘n kunligida jismoniy shaxslar tomonidan banklarga sotilgan valyuta mablag‘larining kunlik o‘rtacha hajmi 2,5 barobar o‘sib, 9,6 million dollarni tashkil etgan.
Yanvar aprel oylari davomida xalqaro pul o‘tkazmalari orqali respublikaga 1,3 milliard dollar kelib tushgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 161 million dollarga kam.
2020 yilning aprel oyi davomida xalqaro pul o‘tkazmalaridan jami 250 million dollar kelib tushgan. Bu mart oyiga nisbatan 15 foizga kamdir.
Bunda, oyning oxirgi o‘n kunligida xalqaro pul o‘tkazmalarining o‘rtacha kunlik hajmi oyning birinchi va ikkinchi dekadalariga nisbatan 1,7 barobar (6,7 million dollardan 11,5 million dollar)ga oshishi kuzatilgan.
Chet el valyutasi taklifi
Ichki valyuta bozorida xorijiy valyutadagi umumiy taklif hajmi 2,7 milliard dollarni (Markaziy bankning intervensiyalarini hisobga olmagan holda) tashkil etib, 2019 yilning dastlabki to‘rt oyi ko‘rsatkichi darajasida bo‘ldi.
Kompaniyalar 1,71 milliard dollar sotgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2019 yilning mos davri darajasida bo‘ldi.
Markaziy bankning valyuta intervensiyalari oltin-valyuta zaxiralarining neytralligi prinsipiga asoslangan holda amalga oshirildi. 2020 yil boshidan Markaziy bank intervensiyalari hajmi 1,5 milliard dollarga teng bo‘lib, mahalliy ishlab chiqaruvchilardan sotib olingan monetar oltin hajmi doirasida amalga oshirildi.
Importni moliyalashtirish manbalari tarkibida ichki valyuta bozorida sotib olingan mablag‘lar (konvertatsiya) ulushi 56 foizni, xorijiy valyutadagi o‘z mablag‘lari hisobiga importni moliyalashtirish ulushi 19 foizni tashkil etdi. 2019 yilning tegishli davrida ushbu ko‘rsatkichlar mos ravishda 55 va 21 foizga teng bo‘lgan.
Almashuv kursi dinamikasi
Milliy valyutaning almashuv kursi dinamikasi valyuta bozoridagi talab va taklifning joriy nisbatidan kelib chiqib, ichki va tashqi omillar ta’sirida shakllangan.
2020 yilning I choragi davomida milliy valyuta 0,8 foizga qadrsizlandi (9501 so‘m/dollardan 9577 so‘m/dollargacha). Aprel oyida milliy valyuta devalvatsiyasi 5,8 foizga teng bo‘ldi.
Bu mart oyining oxirgi dekadasidan boshlab savdo hamkorlari bo‘lgan davlatlar valyutalari devalvatsiyasi ta’sirida kompaniyalar va aholininig devalvatsion kutilmalarning ortishi, shuningdek, ichki valyuta bozorida talab va taklif nomutanosibligi natijasida yuzaga kelgan.
Eslatib o‘tamiz, 5 maydan dollarning rasmiy kursi 0,61 so‘mga tushib, 10 129,39 so‘mni tashkil qilgan edi. O‘zbekistonda ayrim banklar ham 5 maydan AQSH dollarining so‘mga nisbatan qiymatini tushirgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi