19:08 / 10.06.2020
2 295

Nexia R3 – Qozog‘istonda eng ko‘p sotilgan yengil avtomobil bo‘ldi

Nexia R3 – Qozog‘istonda eng ko‘p sotilgan yengil avtomobil bo‘ldi
Qozog‘istonda eng ko‘p sotilgan avtomobillar Top-10 reytingiga Ravon Nexia R3 avtomobili yetakchilik qildi – may oyida mamlakatda 1007 dona model sotilgan. Bu haqda Sof.uz ma’lum qildi.

Tahlilchilarning ma’lumotlariga ko‘ra, Qozog‘iston avtomobil bozorida savdo 2019 yilning shu davri bilan taqqoslaganda 6% o‘sgan. O‘tgan yili Qozog‘istonda 3 536 dona Ravon Nexia R3 sotilgan.

Bundan tashqari, Ravon markasi Qozog‘iston bozorida yetakchilik qilayotgan TOP-5 brendlar ro‘yxatiga kirgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning mart oyidan buyon UzAutoMotors Qozog‘istonda avtomobillarni Chevrolet brendi ostida sotishni boshladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Nexia R3 – Qozog‘istonda eng ko‘p sotilgan yengil avtomobil bo‘ldi