Apple kompaniyasi AQSh tarixdagi eng qimmat kompaniyaga aylandi

Apple kompaniyasi AQSh tarixdagi eng qimmat kompaniyaga aylandi
Apple kompaniyasi AQSh tarixdagi eng qimmat kompaniyaga aylandi

Apple kompaniyasi tarixdagi eng qimmat Amerika kompaniyasiga aylandi, uning kapitalizatsiyasi 700 mlrd dollardan oshib ketdi. Bu haqda The USA Today nashri xabar berdi.

10 fevral natijalariga ko‘ra, amerikalik smartfon ishlab chiqaruvchisining aksiyalari narxi o‘sishi ko‘rsatkichlari 1,9 foizni tashkil qildi hamda 2,29 dollarni tashkil etdi. Buning evaziga kompaniyaning umumiy kapitalizatsiyasi miqdori rekord darajaga erishdi.

Ma’lumot uchun, 2014 yilda kompaniyaning kapitali 58 foizga oshgan.

Avvalroq Apple kompaniyasi 6,5 mlrd dollarlik obligatsiyalarni savdoga chiqarishi ma’lum qilingan edi.

Manba: www.kun.uz

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar