2 118
Rubldan ikkita nolni olib tashlash taklif qilindi. Denominatsiya iqtisodiyotni qutqaradimi?
Foto: TASS
Rossiyadagi «Alpari» axborot-tahlil markazining rahbari, taniqli iqtisodiy tahlilchi Aleksandr Razuvayev «Vedomosti» gazetasiga bergan intervyusida Rossiya markaziy banki rublni 100:1 nisbatda denominatsiya qilish g‘oyasini ilgari surgan. Uning aytishicha, bugun Rossiyada mamlakat tarixida rekord miqdorda rubl muoamalada bo‘lib turibdi va iqtisodiyotni qo‘llash uchun rubldan ikkita nolni olib tashlash foyda berishi mumkin.
Razuvayevning fikricha, Rossiya rubli oxirgi marta 1998 yilda denominatsiya qilingach, oradan 22 yil muddat o‘tgan va milliy valyutaning nominal qiymatini 100 baravar kamaytirishga imkon beradigan yangi jarayonni amalga oshirish uchun yetarli darajada qadrsizlangan.
Tahlilchining fikricha, mamlakatda naqd pul miqdori tez o‘sib borayotgani sabab bunday chorani kechiktirmasdan amalga oshirish lozim. Rossiya bankining hisob-kitoblariga ko‘ra, iyul oyida naqd pul miqdori 11,6 trillion rubldan oshib, rekord darajaga yetgan. Bu Rossiyaning har bir fuqarosi uchun 80 ming rubldan to‘g‘ri keladi degani.
Razuvayev naqd rubl banknotalari rekord miqdorda oshib borayotgani uchun tashkilotlar yashirin iqtisodiyotdan foydalanishga majbur bo‘layotgani va ishchilariga maoshining bir qismini hisobotlarda ko‘rsatmagan holda konvertlarda to‘layotganini aytgan. Uning fikricha, agar rubl 100:1 nisbatda denominatsiya qilinsa, yashirin iqtisodiyotdagi turli operatsiyalarni boshqarish va dekloratsiyada ko‘rsatilmayotgan daromadlarni aniqlash mumkin bo‘ladi. Tahlilchining fikricha, rublni almashtirish katta xarajat talab qilmaydi va Markaziy bank bu ish uchun pul to‘lamaydi.
Aleksandr Razuvayev. Foto: RBK
Misol tariqasida tahlilchi quyidagi hisob-kitoblarni keltirdi: pulning qiymati almashtirilgach, bir stakan ichimlik suvi 30-70 kopeyka, metroda yurish 50 kopeyka va bir dollar 70 kopeyka bo‘ladi. Iqtisodchi kopeykaning yana ommaviy tarzda muomalaga kiritilishi rublga bo‘lgan ishonchni kuchaytirishiga ishonch bildiradi. Ya’ni, odamlar pullarini dollarda emas, rublda saqlay boshlaydi, degan mazmunda.
Rossiyaga hozir denominatsiya kerakmi?
Bugun Rossiyada iqtisodiy tahlilchilarning aksariyati Razuvayevning taklifiga qo‘shilmaydi. Ularning fikriga ko‘ra, hozir Rossiyada rublni denominatsiya qilish mavridi emas. Rubldan ikkita nolni olib tashlash uchun ikkita ish sodir bo‘lishi kerak. Birinchidan, rublning gipperqadrsizlanishi. Oxirgi marta rublning dollarga nisbatan keskin qadrsizlanishi 2014 yil iqtisodiy sanksiyalar ortidan sodir bo‘lgan edi. O‘shanda rubl dollarga nisbatan qariyb 300 foizga qadrsizlangan va 1 dollar 28-30 rubl bo‘lib turgan holda sanksiyalar fonida 80 rublgacha oshib ketgan. Ammo biroz o‘tib dollar kursi 65-70 rublgacha pasaygan va shu tufayli tahlilchilar bu holatni gipperqadrsizlanish deb hisoblamaydi.
Denominatsiya qilish uchun ikkinchi ish – rubl har qanday holatda dollarga nisbatan mustahkam turib bera olishi kerak. Albatta, bu mamlakat iqtisodiyotining qanchalik kuchli bo‘lishiga ham bog‘liq. Agar iqtisodiyot kuchli bo‘lsa, ana shunda rubl ham dollarga nisbatan mustahkam pozitsiyaga ega bo‘ladi va turli inqirozlar ro‘y berganda yoki mamlakatga qarshi qandaydir iqtisodiy sanksiyalar joriy qilinganda, keskin qadrsizlanib ketmaydi.
Rublga nisbatan esa bunday deb bo‘lmaydi. Rubl oxirgi 4-5 yilda dollarga nisbatan eng ko‘p tebranish sodir bo‘lgan valyuta hisoblanadi. Bir qarasa 1 dollar 60 rubl bo‘lib, uning qadri oshadi, biroz o‘tib keskin qadrsizlanadi va 1 dollar 82 rublga chiqib ketadi. Bunga sabab Rossiya iqtisodiyoti kuchli emasligi, mamlakat iqtisodiyoti qazilma boyliklari eksportiga qattiq bog‘lanib qolgani. Shu uchun jahon bozorida qazilma boyliklar narxi o‘zgarishga uchrasa, Rossiya rubli ham shunga qarab dollarga nisbatan qadri oshadi yoki pasayadi.
Bunday holatda esa uni denominatsiya qilish xavfli. Sababi, rubldan ikkita nol olib tashlangani bilan mamlakat iqtisodiyoti kuchaymasa va qazilma boyliklarning xalqaro bozordagi narxi hamda uning sotilishiga bog‘lanib qolaversa, olib tashlangan nollar yana qisqa muddatda o‘z o‘rniga qaytadi. Bundan tashqari, bu jarayon tekinga bo‘lib qolmaydi. Pul chiqarish uchun yana xarajat qilish kerak.
Rossiyada oxirgi marta 1998 1 yanvarda denominatsiya amalga oshirilgan. O‘shanda rubldan uchta nol olib tashlangan va 100061 qiymatda denominatsiya amalga oshirilgan. Bilasizmi, o‘shanda ham yil boshida 1 dollar 5 rubl bo‘lgan va yil yakuniga borib 20 rublga yetgan.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi