Foto: «Dunyo» agentligi
Niderlandiyaga 60 tonna o‘zbek qovunlaridan iborat ikkinchi jo‘natma yetkazildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» agentligi Niderlandiyaning «AGF» portaliga tayanib. Qayd etilishicha, 31 avgust kuni 20 tonna o‘zbek qovunlarining birinchi jo‘natmasi ushbu mamlakatga olib kelingan.
«Niderlandlarga ularning ta’mi yoqib qoldi va shu bois O‘zbekistonga yangi buyurtma berildi», – deb qayd etgan veb-sayt.
«Qovun O‘zbekistonning barcha hududlarida yetishtiriladi. Biz ushbu mahsulot importini dekabr oyigacha davom ettiramiz», – deb ta’kidlagan «JPF Agri BV» korxonasi rahbari, O‘zbekiston eksportchilar uyushmasi biznes-elchisi Nodira Qodir-Abdullayeva.
Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston iqlimi qovun, boshqa poliz mahsulotlari va meva-sabzavotlar yetishtirish uchun juda qulaydir, demak ishlab chiqarish uchun juda kam pestitsidlar talab qilinadi.
Qovun mavsumi yakunlangach, Nodira Qodir-Abdullayeva quritilgan mevalar (mayiz, turshak va qovun qoqisi), yeryong‘oq, bodom va turli dukkakli mahsulotlarni import qilishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, anor hamda xurmo mevalariga ham qiziqish mavjud. Bundan tashqari u kelajakda gilos va o‘rik import qilish niyatida.
O‘zbekistonning Beniluks (Belgiya, Niderlandiya va Luksemburg) mamlakatlaridagi elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, Niderlandiya O‘zbekistondan keltirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, jumladan, yangi uzilgan va quritilgan mevalar, ayniqsa, qora va oq mayiz hamda yong‘oqlar uchun istiqbolli bozor hisoblanadi. Bozor tadqiqotlari, shuningdek, poliz mahsulotlari, ayniqsa, o‘zbek qovunlarini sotib olishga bo‘lgan qiziqish katta ekanini ko‘rsatgani ma’lum qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”