2 524
Shavkat Mirziyoyev Suma Chakrabarti bilan O‘zbekistonni uzoq istiqbolda rivojlantirish yo‘nalishlarini muhokama qildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 19 oktabr kuni maslahatchi Suma Chakrabarti ishtirokida O‘zbekistonda islohotlar dasturini uzoq muddatli istiqbolda davom ettirishning strategik yo‘nalishlarini ko‘rib chiqdi.
Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, muhokamada O‘zbekistonning yangi o‘sish nuqtalarini aniqlash va yangilanishlarni samarali davom ettirishni ta’minlashga e’tibor qaratilgan.
«Xususan, mamlakatimiz iqtisodiyotining muhim tarmoqlarini modernizatsiya qilish va raqobatdoshligini oshirish, davlat boshqaruvi tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish va boshqaruv kadrlari sifatini tubdan oshirish, respublikada investitsiya va ishbilarmonlik muhitini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi», – deyiladi press-relizda.
Muhokamada bosh vazir o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umrzoqov ham ishtirok etgan.
Eslatib o‘tamiz, 8 yil Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti sifatida ishlab kelgan britaniyalik Suma Chakrabarti shu yil yozida iste’foga chiqqan edi. Sentabr oyida u O‘zbekiston yetakchisi Shavkat Mirziyoyevning iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘lishini ma’lum qilgandi.
Ma’lumot uchun, Chakrabarti sentabr oyida Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha shtatdan tashqari maslahatchisi etib tayinlangan. U 18 oktabr kuni To‘qayev bilan Qozog‘iston Islohotlar oliy kengashining ilk yig‘ilishi kun tartibini muhokama qilgan. Chakrabarti ushbu kengash raisining o‘rinbosari sanaladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”