Foto:«Gazeta.ru»
Ijtimoiy tarmoq va ayrim OAVlarda chet elda ishlovchi muhojirlar ham soliqqa tortilishi mumkinligi bo‘yicha xabarlar tarqaldi. Davlat soliq qo‘mitasi shu masala yuzasidan tushuntirish berdi.
«Prezidentimizning PQ-4829-sonli qaroriga muvofiq 2021 yil 1 yanvardan boshlab xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotganlar o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga tenglashtirilgani sababli, internet tarmoqlarida mehnat muhojirlari uchun soliq joriy etilayotganligi to‘g‘risida noto‘g‘ri ma’lumotlar tarqalmoqda.
Soliq kodeksining 369-moddasiga muvofiq o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod etiladi.
O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar o‘ziga pensiya hisoblanishi va ish stajiga ega bo‘lishi uchun Pensiya jamg‘armasiga ixtiyoriy ravishda ijtimoiy soliq to‘lashi mumkin, bu 2020 yil uchun eng kamida BHMning 50 foizi miqdorida belgilangan, hozirgi vaqtda 111 500 so‘mni tashkil etadi» - deyiladi bayonotda.
Shu bilan birga, agar chet elda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolar O‘zbekistonda pensiya va ish stajiga ehtiyoj sezmasa, unda Pensiya jamg‘armasiga ijtimoiy soliq to‘lashning hojati yo‘q. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi