O‘zbekiston yangi yevroobligatsiyalar chiqarilishini e’lon qildi. Mo‘ljal — 1 mlrd dollar

1 daqiqa o'qish3.4K
O‘zbekiston yangi yevroobligatsiyalar chiqarilishini e’lon qildi. Mo‘ljal — 1 mlrd dollar
17 noyabr kuni Moliya vazirligi London fond birjasida O‘zbekistonning suveren xalqaro obligatsiyalarini (yevrobondlari) joylashtirilishini e’lon qildi.

Yevrobondlar 10 yil muddatga chiqariladi. Obligatsiyalarning umumiy qiymati oshkor qilinmadi. Biroq «Gazeta.uz»ning o‘z manbalariga tayanib yozishicha, taxminan 1 milliard dollarlik obligatsiyalar chiqariladi.

Yevrobondlar — bu emitent uchun chet el valyutasida ko‘rsatilgan uzoq muddatli qimmatli qog‘ozlar. Yevrobondlarni uzoq muddat davomida (1 yildan 40 yilgacha) mablag‘ jalb etishga qiziqqan tomonlar, ya’ni xalqaro tashkilotlar, hukumatlar, yirik korporatsiyalar chiqaradi. Muayyan vaqtdan keyin yevrobondlar sotib olinishi kerak bo‘ladi. «Yevro» prefiksiga qaramay (birinchi bunday qimmatli qog‘ozlar Yevropada paydo bo‘lgan), bugungi kunda ular turli xil valyutalarda turli bozorlarda chiqarilmoqda.

Xalqaro investitsiya banklari va yuridik firmalarga taklif uchun so‘rovlar yuborildi va quyidagi anderrayter banklar, qo‘shma bukrannerlar va yuridik maslahatchilar tanlov asosida tanlandi:

- bank anderrayterlari — Citi (AQSH), J. P. Morgan Shase (AQSH), Societe Generale (Fransiya), VTB Capital (Rossiya) va «Gazprombank» (Rossiya);
- yuridik maslahatchi — White & Case LLP (Buyuk Britaniya).

Bundan tashqari, Moliya vazirligi emissiya prospekti va boshqa huquqiy hujjatlarni ham tayyorladi. «Roud-shou» doirasida AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Daniya va Shveytsariya kabi davlatlarning xalqaro investorlari ishtirok etadigan xalqaro investorlar bilan telekonferensiya o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, 17−18 noyabr kunlari xalqaro investorlar bilan telekonferensiyalar «yakkama yakka» tartibda bo‘lib o‘tadi.

Moliya vazirligi 19 noyabr kuni jahon moliya bozorlaridagi vaziyatdan kelib chiqib, suveren yevrobondlar chiqarilishi to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yil noyabr oyi oxirida Moliya vazirining o‘rinbosari Ahadbek Haydarov 2020 yilda O‘zbekiston kamida 500 million dollar miqdoridagi davlat yevrobondlarini qayta chiqarishi mumkinligi haqida xabar bergan edi. 2019 yilning fevral oyida O‘zbekiston o‘z tarixida birinchi bo‘lib umumiy qiymati 5 milliard dollarlik bo‘lgan 5 va 10 yillik yevrobondlarni joylashtirdi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?