2 395
Moliya vaziri: 2 trillion so‘m hajmida suveren obligatsiyalar London fond birjasida joylashtirildi
20 noyabr kuni moliya vaziri Timur Ishmetov Twitter’dagi akkaunti orqali O‘zbekiston tarixida ilk bor xalqaro moliya bozorlarida milliy valyuta - so‘mda - 2 trillion so‘m hajmida suveren obligatsiyalar London fond birjasida joylashtirilganini ma’lum qildi.
«Ushbu yutuq o‘zbek so‘mini moliya bozorlarida o‘z o‘rnini topishiga dadil qadam bo‘lsin», — deya tilak bildirgan vazir.
Avvalroq, O‘zbekiston hukumati London fond birjasida navbatdagi yevrobondlarni joylashtirishi haqida xabar berilgandi. Bu gal AQSH dollari bilan birga, o‘zbek so‘mida ham denominatsiya qilingan xalqaro suveren obligatsiyalar chiqarilib, 750 mln dollar qarz jalb etilishi nazarda tutilgan.
Investorlar takliflariga binoan, 750 mln AQSH dollari miqdoridagi suveren xalqaro obligatsiyalar 2 transhda – 10 yillik muddat bilan AQSH dollarida va 3 yillik muddat bilan o‘zbek so‘mida chiqarildi.
Moliya vazirligi xabariga ko‘ra, London fond birjasida joylashtirish bo‘yicha boshlang‘ich stavkalar mos ravishda 4,25 foiz atrofida va 15,25 foiz atrofida belgilangan.
Qayd etilishicha, xalqaro obligatsiyalarning milliy valyutada chiqarilishi valyuta xatarlarini kamaytirishga xizmat qilish bilan birga kelajakda ichki moliya bozoriga, jumladan davlat g‘aznachilik obligatsiyalari bozoriga xalqaro investorlarni jalb qilish uchun zamin yaratadi.
Iyun oyida moliya vaziri o‘rinbosari Odilbek Isoqov hukumat milliy valyutada 500 million dollar ekvivalentidagi yevroobligatsiyalar chiqarishni rejalashtirayotganini ma’lum qilgandi. Shu bilan birga, vazirlik matbuot xizmati Kun.uz'ga 2030 yilgacha qarz portfelida so‘mdagi qarz ulushini 50 foizgacha oshirish nazarda tutilgani va tashqi bozorda yevrobond joylashtirish rejalashtirilmaganini bildirgandi.
Eslatib o‘tamiz, 2019 yilda O‘zbekiston o‘z tarixida birinchi marta umumiy qiymati 1 milliard dollarga teng ikkita yevrobondlar transhini joylashtirgan. Qarz obligatsiyalarining to‘lov muddati 2024 va 2029 yil fevral oylariga belgilangan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”