Xalqaro press-klubning 2021 yil 6 yanvar kuni o‘tkazilgan navbatdagi sessiyasida Markaziy bank raisi o‘rinbosari Behzod Hamroyev xorijiy valyuta kurslarining almashinuv qiymati bo‘yicha ma’lumotlar bosh regulyator tomonidan har kuni e’lon qilinishini aytdi, deb xabar bermoqda «Kun.uz».
Ta’kidlanishicha, 2021 yilning fevral oyidan boshlab valyuta birjalari har kuni soat 10:00 dan 15:00 gacha doimiy ishlaydi. Birja ish kuni yakunlangandan, keyin Markaziy bank birjadagi o‘rtacha narxlardan kelib chiqqan holda, har kuni valyuta kurslarini yangilab boradi.
Hamroyevning ta’kidlashicha, Markaziy bank tomonidan 2021 yil amalga oshirilishi maqsad qilingan asosiy rejalardan biri – milliy valyutaning chet el valyutasiga qaramligini kamaytirish va inflyatsiya darajasining 10 foizdan oshib ketmasligini ta’minlashdir.
Shuningdek, tadbirkorlar tijorat banklaridan onlayn tarzda buyurtma berib to‘g‘ridan-to‘g‘ri valyuta xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
Eslatib o‘tamiz, Prezidentning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida 2021 yilda narx-navo o‘sishini 10 foizdan oshirmaslik Markaziy bank va hukumatning asosiy vazifasi bo‘lishi kerakligi ta’kidlangandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi