2 280
O‘zbekistonning boshqa davlatlardan olgan qarzlari qaysi sohalarga yo‘naltirilishi ma’lum qilindi
Toshkentda 16 mart kuni EOAVMA davlat organlari, NNT va OAV vakillari ishtirokida davlat tashqi qarzlari va ularning sarflanishi bo‘yicha ochiq muloqotda O‘zbekistonning olgan qarz mablag‘lari qaysi sohalarga yo‘naltirilayotgani haqida ma’lumot berildi. Bu haqda unda ishtirok etgan «Bugun.uz» xabar qildi.
Qayd etilishicha, 2021 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, davlat tashqi qarzining hajmi 21,1 milliard dollarni yoki YAIMning 36,5 foizini tashkil etgan. Olingan kreditlar joriy xarajatlarni qoplash uchun sarf etilmaydi, balki yo‘llar, arzon uy-joylar qurish, energetika sohasini modernizatsiya qilish, uy-joy kommunal xo‘jaligi, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohasidagi muammolarni hal qilishga sarflanadi.
Moliya vaziri Timur Ishmetovning so‘zlariga ko‘ra, 2020 yilda elektr energetikasiga 3,1 milliard dollar, energetika (neft va gaz)ga 2,6 milliard dollar, transportga 2,4 milliard dollar, uy-joy kommunal xizmatlariga 2 milliard dollar yo‘naltirilgan.
Yig‘ilishda so‘zga chiqqan energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xodjayev sohada quyidagi yirik loyihalar amalga oshirilishini ma’lum qilgan:
- 650 million dollarga Navoiy IESning uchinchi qurilmasini qurish (elektr energiyasini ishlab chiqarishni 6–7 foizga oshiradi);
- 1,32 milliard dollarga Talimarjon IESni kengaytirish (Qashqadaryo viloyatini elektr energiyasi bilan to‘liq ta’minlab, qo‘shni viloyatlarga ham elektr yetkazib beriladi);
- 1,95 milliard dollar evaziga To‘raqo‘rg‘on IES qurilishi (Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlarining qariyb 40 foizini elektr energiyasi bilan ta’minlaydi).
Ta’kidlanishicha, kreditlar orqali amalga oshirilayotgan barcha loyihalar Hisob palatasi tomonidan majburiy tekshiruvdan o‘tkaziladi, Oliy Majlis deputatlari va fuqarolik jamiyati vakillari ishtirokida muhokama qilinadi.
Yig‘ilishda aytilishicha, davlat tashqi qarzining katta qismi uzoq muddat hamda imtiyozli foiz stavkalarida taqdim etilgan. O‘zbekiston xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlaridan qarz mablag‘larini jalb qilishda konservativ yondashuvga va xatarlarni boshqarish tamoyillariga amal qiladi.
Shuningdek, har yili imzolangan kredit shartnomalari hajmi kamayib kelayotgan bo‘lib, 2019 yilda taxminan 9 milliard dollar mablag‘ olingan bo‘lsa, 2020 yilda 5,3 milliard dollar, 2021 yil uchun belgilangan limit esa 5 milliard dollarni tashkil etadi.
Avvalroq O‘zbekistonning 2020 yildagi tashqi qarzi 5,4 milliard dollarga oshgani haqida xabar berilgandi. Bundan tashqari, davlat budjetining 2020 yil yakuni bo‘yicha daromad va xarajatlari miqdori ma’lum bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi