O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan ommaviy axborot vositalari uchun «Soliq qonunchiligiga rioya etilishini ta’minlashda jamoatchilik nazoratining ahamiyati» mavzuida tashkil etilgan press-turda ana shunday yangiliklar xususida ma’lumot berildi.
Qayd etildiki, Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan soliq huquqbuzarliklari yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda bunday holatlarni keskin qisqartirish maqsadida “Soliq hamkor” axborot tizimi tizimi ishlab chiqilgan. Unda murojaatlarni qabul qilishning an’anaviy shakllaridan tashqari “Soliq hamkor” telegram boti, Tekshiruv.soliq.uz sayti, “Soliq” mobil ilovasi orqali xabar berish imkoni mavjud.
Tizim doirasida hamkorlik qilish ixtiyoriy. Hamkor mazkur tizim orqali soliq to‘lovchi, soliq agenti yoki boshqa shaxsning Soliq kodeksida javobgarlik belgilangan harakati yoki harakatsizligi yuzasidan davlat soliq xizmati organini xabardor etadi.
Tizimda «Xarid cheki bermaslik», «Bank plastik kartasi orqali to‘lov qabul qilishni rad etish», «Plastik kartada to‘lov qilinganda mahsulotni qimmatroq sotish» va «Noqonuniy faoliyat yuritish» kabi to‘rt yo‘nalishda murojaat yo‘llash mumkin. Shuningdek, har bir murojaatchi o‘z xabari holatini real vaqt rejimida kuzatib borishi mumkin.
Tizimning yana bir afzalligi shundaki, barcha xabarlar Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan alohida nazoratga olinadi. Yuborilgan ma’lumotlar qabul qilinganligi, ko‘rib chiqish jarayoni va yakuniy natijasi bo‘yicha murojaatchiga SMS ko‘rinishida axborot taqdim etib boriladi.
Muhimi, “Soliq hamkor” orqali kelib tushgan xabarlar sayyor soliq tekshiruvi o‘tkazish uchun asos bo‘ladi. Binobarin, Davlat soliq xizmati organlariga “Soliq hamkor” axborot tizimi orqali kelgan murojaatlar asosida joriy yilning birinchi choragida 1 354 ta soliq tekshiruvlari o‘tkazilgan bo‘lsa, shundan 1 333 tasi, ya’ni 98,5 foizi xarid cheki berilmasligi bilan bog‘liqdir.
Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, soliq huquqbuzarliklarining aksariyati xarid cheki daxldor. Shu bois Davlat soliq qo‘mitasi xufiyona iqtisodiyotga qarshi kurashishda jamoatchilik nazorati kuchaytirish, xususan, iste’molchilarni xarid chekini talab qilishga undovchi yutuqli chek o‘yinlarini o‘tkazib kelmoqda. Ayni maqsadda Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan 2020 yil iyul oyida yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga o‘z hissasini qo‘shayotgan ijtimoiy faol fuqarolarni rag‘batlantirishni nazarda tutuvchi QR kodli cheklar asosidagi yutuqli chek o‘yinlariga start berilgan edi.
Natijada xarid cheklari berilmagan joylarda xaridorlar borgan sari kamayib, cheklarni talab qiladigan va qonuniy huquqlarini himoya qiladigan fuqarolar esa ko‘payib bormoqda. Bir so‘z bilan aytganda, iste’molchilarning yangi avlodi tarbiyalanmoqda va ular qatorida biznes ham o‘sib bormoqda.
O‘yinda ishtirok etish uchun onlayn-NKM va virtual kassa qurilmalaridan berilgan cheklarning QR-kodi Soliq mobil ilovasi orqali skaner qilish yoki 12 sondan iborat fiskal belgisi mavjud chekni ro‘yxatdan o‘tkazish talab etiladi, xolos.
Yutuqli chek o‘yinlarining dastlabki to‘rtta tiraji 2020 yil iyul oyidan boshlab faqat poytaxt iste’molchilari o‘rtasida o‘tkazildi. Beshinchi va oltinchi tirajlarda mamlakatimizning barcha hududlaridagi aholi ishtirok etdi.
Yutuqli o‘yinlar o‘tkazilish boshlangandan buyon bugungi kungacha jami 9 ta tiraj o‘tkazilib, ularda 200 ga yaqin omadli iste’molchi qimmatbaho sovrinlar, jumladan 6 ta “Nexia-3» va 3 ta “Chevrolet Spark” avtomobili sohibi bo‘ldi. Shuningdek, umumiy summasi 331,1 mlrd. so‘m bo‘lgan 880 795 ta chek ro‘yxatdan o‘tkazildi.
QR-kodli cheklar avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasi, dorixona, spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlari sotadigan, shuningdek yillik oboroti 100 mln. so‘m va undan yuqori bo‘lgan yirik savdo, xizmat ko‘rsatish nuqtalarida berilishi lozim. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”