17:43 / 14.06.2021
7 000

O‘zbekistonda muomalaga chiqarilgan 2 000 so‘m va 20 000 so‘mlik kupyuralar


Foto: Telegram / «Davletovuz»
O‘zbekistonda 2021 yilning 14 iyunidan boshlab nominal qiymati 2 000 so‘m va 20 000 so‘m bo‘lgan banknot ko‘rinishidagi yangi pul belgilari muomalaga chiqarilishi to‘g‘risida xabar berilgandi. Telegram’dagi «Davletovuz» kanali yangi banknotalarning ilk surati bilan bo‘lishdi.

Mazkur banknotlar mavzusi (tematikasi) «Buyuk ipak yo‘li» va mamlakat hududidagi qadimiy Buxoro shahri va Qoraqalpog‘iston tarixiga bag‘ishlangan. Avvalroq Markaziy bank mazkur kupyuralarga oid batafsil ma’lumotlar bilan bo‘lishgan edi.

Ma’lumot uchun, hozirgi vaqtda o‘zbek so‘mining eng katta qiymatli kupyurasi 100 000 so‘m hisoblanadi. Mazkur kupyura 2019 yil 25 fevraldan muomalaga chiqarilgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonda muomalaga chiqarilgan 2 000 so‘m va 20 000 so‘mlik kupyuralar