Angliya nashrlari Abduqodir Husanov hamda “Siti” yulduzlarini qanday baholadi? (video)

QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
- «Manchester Siti» o‘z maydonida «Brayton»ga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lib, Angliya chempionatida qatorasiga ikkinchi bor ochko yo‘qotdi.
- Uchrashuvdagi yagona gol Mateus Nuneshning xatosidan so‘ng Yasin Ayari tomonidan kiritildi.
- O‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov 90 daqiqa harakat qildi va cityxtra.co.uk portali tomonidan 5/10 ball bilan baholandi.
Angliya Premer-ligasining navbatdagi turida peshqadam «Manchester Siti» o‘z muxlislari qarshisida kutilmagan mag‘lubiyatga uchradi. Enso Mareska shogirdlari «Etihad» stadionida «Brayton»ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib, ichki chempionatda qatorasiga ikkinchi turda ochko yo‘qotdi.
Uchrashuvdagi yagona va hal qiluvchi to‘p mezbonlarning o‘ng qanot himoyachisi Mateus Nuneshning qo‘pol xatosidan so‘ng Yasin Ayari tomonidan kiritildi. «Shaharliklar» tarkibida 90 daqiqa harakat qilgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov uchrashuvning eng so‘nggi daqiqalarida kuchli va aniq zarba yo‘llab, raqib posboni Bart Verbryuggenni chinakam seyv ijro etishga majbur qildi, biroq muvozanatni tiklash nasib etmadi.
Uchrashuv yakunlangach, «Manchester Siti» faoliyatini yoritishga ixtisoslashgan nufuzli cityxtra.co.uk portali ekspertlari jamoa a’zolarining individual harakatlarini 10 ballik tizim asosida baholab chiqdi.
Abduqodir Husanov — 5/10: Yangi taktik vazifa va raqibning bosimi
Angliyalik tahlilchilar o‘zbekistonlik yosh himoyachining bu safargi o‘yiniga quyidagicha baho berdi:
«Husanov uchrashuv davomida bir necha bor o‘z pozitsiyasidan majburiy ravishda uzoqlashib qoldi. “Brayton” hujumchilari unga odatdagidan ko‘ra ancha jiddiyroq qarshilik ko‘rsatdi va faol bosim o‘tkazdi. Mehmonlar Husanovning hali ham o‘ng qanot himoyachisi hamda markaziy himoyachi vazifalari oralig‘idagi gibrid pozitsiyaga to‘liq moslashayotganidan unumli foydalanishga harakat qilishdi».
Himoya va yarimhimoya chizig‘ining baholari
Janluiji Donnarumma (6/10): Gol o‘tkazilgan vaziyatda unga da’vo yo‘q. Oyoqda to‘p bilan yaxshi harakat qilgan bo‘lsa-da, ikkinchi bo‘limda xato pas sabab raqibga ikkinchi golni hadya qilishiga bir baxya qoldi;
Mateus Nunesh (5/10): Yagona golga sabab bo‘lgan xatoni sodir etdi va o‘z xatosini tuzata olmadi. Yagona ijobiy jihati — oxirigacha taslim bo‘lmasdan yugurgani;
Ruben Diash (5,5/10): Mag‘lubiyatdagi asosiy aybdor bo‘lmasa-da, mudofaani munosib tashkillashtira olmadi;
Yoshko Gvardiol (6/10): Hujumda faol bo‘ldi, biroq Doku bilan o‘zaro tushunmovchiliklar kuzatildi va gol kelgan qanotda mas’uliyatni bo‘yniga olishi lozim;
Ayyub Buaddi (6/10): Jismoniy jihatdan kuchli raqib yarimhimoyasi bosimiga duch keldi. Texnikasi yaxshi bo‘lsa-da, bu bahs unga katta saboq bo‘ladi;
Elliot Anderson (6/10): Og‘ir o‘yin o‘tkazdi. Ikkinchi bo‘limda biroz jonlangan bo‘lsa-da, «Brayton»ning mustahkam markaziga bas kelolmadi;
Enso Fernandes (6/10): Bir nechta chiroyli uzatmalar berdi, biroq yakuniy foydali natija qayd etmadi. Ekspertlar uning nega har hafta tarkibdan joy olayotganini tushunish qiyinligini ta’kidladi.
Hujum chizig‘i va zaxiradan tushganlar
Iliman Ndiaye (6,5/10): «Siti»ning hujumdagi eng faol o‘yinchisi bo‘ldi. Tezkor reydi va driblinglari bilan muntazam xavf tug‘dirdi, faqat golli zarba yetishmadi;
Erling Holand (6/10): Omadsiz kun. Holand nimadir qilishga ulgurmasidanoq raqib sardori Lyuis Dank uni to‘liq yopib tashladi;
Jeremi Doku (5,5/10): Foydali ish koeffitsiyenti juda past bo‘ldi;
Rayan Sherki (6,5/10): Zaxiradan maydonga tushib, o‘yinni jonlantirdi. Fernandes va Nuneshga ajoyib vaziyatlar yaratib bergan bo‘lsa-da, jamoadoshlari ulardan foydalana olmadi;
Niko O'Rayli (6/10): O‘yin sur’atiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi, biroq yakuniy harakatlarda samara bo‘lmadi.
Qatorasiga ikkinchi mag‘lubiyatdan keyin «Manchester Siti» murabbiylar shtabi himoya va yarimhimoyadagi muammolarni zudlik bilan bartaraf etishi kerak, chunki jamoani oldinda Chempionlar ligasidagi muhim safar bahsi kutib turibdi.































Izohlar 0
…