Foto: Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi
Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Buxoro viloyatida bo‘lib turibdi. Amaldagi davlat rahbari viloyat sanoati uchun kelgusi yillar «keskin burilish davri» bo‘lishini ta’kidlab o‘tdi.
— Kelgusi yillarda Buxoroda jami 8 milliard dollarlik 5 mingta loyiha amalga oshirilib, 100 ming yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
Bunda, eng avvalo, sanoatning strategik tarmoqlarida xom ashyoni chuqur qayta ishlashga qaratilgan 5 ta «mega loyiha» amalga oshiriladi, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Ta’kidlanishicha, Qorako‘l tumanida qiymati 2,7 milliard dollarlik, yiliga 1,3 milliard kub metr gazni qayta ishlaydigan gaz-kimyo kompleksini barpo etish loyihasi boshlanadi.
Bu loyiha doirasida, eng zamonaviy texnologiyalar asosida, yiliga 770 ming tonna polimerlar ishlab chiqariladi.
Ushbu korxonaning atrofida sanoat klasteri tashkil etilib, unda qurilish materiallari, kimyo, yengil sanoat, elektrotexnika, avtomobilsozlik va boshqa mahalliy sanoat tarmoqlari uchun, 100 dan ortiq mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.
Shu orqali, Qorako‘l, Olot, Jondor va Peshku tumanlarida 3 mingta doimiy ish o‘rni yaratilib, yiliga 110 million dollarlik mahalliy sanoat mahsulotlari ishlab chiqariladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi