Manchester Siti moliyaviy ayblovlarga qarshi keskin kurashishga tayyorlanmoqda

Manchester Siti moliyaviy ayblovlarga qarshi keskin kurashishga tayyorlanmoqda
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Manchester Siti klubi moliyaviy qoidalarni buzganlik ayblovlarini rad etish uchun kuchli huquqiy strategiya ishlab chiqmoqda.
  • Klub 830,69 million funt sterlinglik homiylik mablagʻlari BAA hukumati tomonidan moliyalashtirilganini isbotlovchi bank koʻchirmalari va boshqa hujjatlarni taqdim etishga tayyor.
  • Klub bosh direktori Ferran Soriano bu ayblovlarni yolgʻon deb atadi va mablagʻlar egasining shaxsiy choʻntagidan emas, balki hukumat hisobidan oʻtkazilganini taʼkidladi.

Angliyaning Manchester Siti klubi moliyaviy qoidalarni buzgani boʻyicha chiqarilgan ayblov hukmini bekor qilish uchun jiddiy huquqiy himoya rejasini tuzmoqda. Goal.com xabar berishicha, „shaharliklar“ homiylik shartnomalari boʻyicha 830 million funt sterlingdan ortiq mablagʻ xususiy egalar emas, balki BAA hukumati tomonidan moliyalashtirilganini isbotlovchi inkor etib boʻlmas dalillarni taqdim etishga shaylanmoqda. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Mustaqil komissiya Manchester Sitini moliyaviy qoidalarni chetlab oʻtish uchun 900 million funtdan ortiq mablagʻni noqonuniy yashirin ravishda aylantirganlikda aybdor deb topgan edi. Biroq Daily Mail Sport nashrining yozishicha, klub bu qarorni oʻzgartirish uchun puxta strategiya ishlab chiqqan boʻlib, bahsli kelishuvlar ortida Abu-Dabi hukumati turganini dalillar bilan koʻrsatib bermoqchi.

Inkor etib boʻlmas dalillar va bank koʻchirmalari

Klub ixtiyorida bank koʻchirmalari va guvohlik koʻrsatmalari kabi muhim hujjatlar mavjud boʻlib, ular mablagʻlar toʻgʻridan-toʻgʻri hukumat hisobvaraqlaridan homiylarga oʻtkazilganini tasdiqlaydi. Manchester Siti apellyatsiya jarayonida 830,69 million funt sterlinglik mablagʻ qonuniy manbalardan kelib chiqqanini shubhasiz isbotlashiga tayanmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Premyer-liga ayblovlarining asosiy qismi xakerlar tomonidan qoʻlga kiritilgan elektron xstlarga, jumladan, 2013-yilda yozilgan xabarlarga asoslangan edi. Ushbu xabarlarda homiylik mablagʻlari qanday harakatlangani muhokama qilingan. Biroq Manchester Siti bu yozishmalar klub xodimlarining notoʻgʻri taxminlaridan iborat ekanini qatʼiy taʼkidlab kelmoqda.

Rahbariyatning keskin bayonoti

Klub bosh direktori Ferran Soriano xodimlarga yoʻllagan video murojaatida mazkur ayblovlarni keskin rad etdi. Uning soʻzlariga koʻra, butun ish bitta yolgʻon daʼvo — egasining shaxsiy puli homiylar orqali yashirincha kiritilgani haqidagi taxmonga qurilgan va bu mutlaqo haqiqatga toʻgʻri kelmaydi.

Soriano Premyer-liga komissiyasiga pul egasining choʻntagidan chiqmaganini, aksincha hukumat hisobidan oʻtkazilganini koʻrsatuvchi barcha zarur hujjatlar, jumladan, bank oʻtkazmalari taqdim etilganini alohida taʼkidladi.

Komertsion hamkorlarning munosabati

Mazkur mojarodan soʻng klubning yirik homiylaridan biri hisoblangan Etihad Airways aviakompaniyasi ham jiddiy qadamlar haqida oʻylay boshladi. Manbaga koʻra, aviakompaniya Premyer-liga ustidan sudga murojaat qilish masalasini koʻrib chiqmoqda.

Etihad Airways mustaqil komissiya xulosalarini qatʼiyan rad etib, huquqiy jarayon davomida ularga oʻz pozitsiyasini bildirish uchun imkon berilmaganini maʼlum qildi. Aviakompaniya vakili ushbu qaror ularning nufuziga putur etkazayotganini taʼkidlab, yuzaga kelgan ogʻir oqibatlar uchun Premyer-liga toʻliq javobgar boʻlishi lozimligini talab qildi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar