Foto: Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi
Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Buxoro viloyatida bo‘lib turibdi. Amaldagi davlat rahbari viloyat sanoati uchun kelgusi yillar «keskin burilish davri» bo‘lishini ta’kidlab o‘tdi.
— Kelgusi yillarda Buxoroda jami 8 milliard dollarlik 5 mingta loyiha amalga oshirilib, 100 ming yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
Bunda, eng avvalo, sanoatning strategik tarmoqlarida xom ashyoni chuqur qayta ishlashga qaratilgan 5 ta «mega loyiha» amalga oshiriladi, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Ta’kidlanishicha, Qorako‘l tumanida qiymati 2,7 milliard dollarlik, yiliga 1,3 milliard kub metr gazni qayta ishlaydigan gaz-kimyo kompleksini barpo etish loyihasi boshlanadi.
Bu loyiha doirasida, eng zamonaviy texnologiyalar asosida, yiliga 770 ming tonna polimerlar ishlab chiqariladi.
Ushbu korxonaning atrofida sanoat klasteri tashkil etilib, unda qurilish materiallari, kimyo, yengil sanoat, elektrotexnika, avtomobilsozlik va boshqa mahalliy sanoat tarmoqlari uchun, 100 dan ortiq mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.
Shu orqali, Qorako‘l, Olot, Jondor va Peshku tumanlarida 3 mingta doimiy ish o‘rni yaratilib, yiliga 110 million dollarlik mahalliy sanoat mahsulotlari ishlab chiqariladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi