
2021 yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston qiymati 624,9 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 1,1 mln tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2021 yilning 9 oyida meva va sabzavotlarni eng ko‘p eksport qilgan davlat Qozog‘iston bo‘lib turibdi – 483 ming tonna.
Meva va sabzavotlar eng ko‘p sotilgan davlat ro‘yxatida keyingi o‘rinlardan Rossiya (289 ming tonna), Qirg‘iziston (100 ming tonna) va Xitoy (40 ming tonna) joy oldi.
Shuningdek, eksport ro‘yxatida Ukraina (26 ming tonna), Afg‘oniston (23 ming tonna), Turkmaniston (21 ming tonna), Pokiston (19 ming tonna), Belarus (11 ming tonna), Turkiya (9 ming tonna), Ozarboyjon (6 ming tonna), Eron (6 ming tonna) hamda Germaniya (3,4 ming tonna) bor. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar