O‘zbekistonda 2022 yilda umumiy quvvati 1474 megavatt bo‘lgan issiqlik va quyosh fotoelektr stansiyalari ishga tushiriladi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, yil yakuniga qadar mamlakatda 6 ta issiqlik (IES) va 1 ta quyosh fotoelektr stansiyalari (FES) yo‘lga qo‘yiladi.
Xususan, yanvar oyida Buxoro viloyatida 270 MVt va Toshkent viloyatida 240 MVt bo‘lgan 2 ta yangi issiqlik elektr stansiyalari ishga tushirildi. Shuningdek, aprel oyiga qadar Samarqand viloyatida 100 MVt quvvatli quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
Toshkent viloyatida 230 va 240 MVt quvvatli 2 ta va Xorazm viloyatida 174 MV quvvatli 1 ta issiqlik elektr stansiyalari mart oyida, Sirdaryo viloyatida 220 MVt quvvatli issiqlik elektr stansiyasi yil yakuniga qadar ishga tushiriladi. Buning natijasida O‘zbekiston energetika tizimining amaldagi umumiy quvvati 16 ming MVtdan oshadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi