Moliya vazirligi 2021 yil uchun Davlat budjeti daromadlarining ijrosi bo‘yicha dastlabki natijalarni taqdim etdi.
Unga ko‘ra, turli soliqlarning tushumlari qancha bo‘lganligi va qanchaga o‘zgargani ma’lum bo‘ldi.
Soliq organlari tomonidan yig‘ilgan tushumlar 2021 yilda 127,9 trln so‘mni tashkil etdi. Bu 2020 yil bilan solishtirganda 24,3 trln so‘mga yoki 23,5 foizga ko‘pdir.
2021 yilda soliq va bojxona organlari tomonidan ma’murlashtiriladigan QQS bo‘yicha tushumlar 52,8 trln so‘m bo‘ldi. Bu 2020 yil bilan solishtirganda 12,6 trln so‘mga oshdi.
Aksiz solig‘i tushumlari 2021 yilda 2020 yil bilan solishtirganda 1,4 trln so‘mga oshdi va 13,1 trln so‘mni tashkil etdi.
2021 yilda bojxona boji tushumi 4,8 trln so‘mni tashkil etdi yoki 2020 yil bilan solishtirganda 1,2 trln so‘mga oshdi.
Foyda solig‘i bo‘yicha tushumlar 38,4 trln so‘m bo‘lib, bir yilda 9,7 trln so‘mga oshdi.
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha tushumlar 18,9 trln so‘mni tashkil etdi. O‘sish ko‘rsatkichi 3,8 trln so‘mga teng bo‘ldi.
2021 yilda resurs soliqlari va mol-mulk solig‘i bo‘yicha umumiy tushumlar 23,0 trln so‘mni tashkil etdi. Bu 2020 yil bilan solishtirganda 1,8 trln so‘mga ko‘p.
Boshqa daromadlar va soliq bo‘lmagan to‘lovlar bo‘yicha tushumlar 2021 yilda 26,4 trln so‘mni tashkil etib, 131,8 foizga o‘sdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi