Hukumat qarori (133-son, 25.03.2022 y.) bilan Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish uchun ruxsatnomalar Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan har yili tasdiqlanadigan yer qa’ri uchastkalari bo‘yicha beriladi.
Bunda yer qa’ri uchastkasi ishonchli, aniq konturlari va chegaralari ko‘rsatilgan, o‘lchami 5 gektargacha bo‘lgan sochma oltin konlari bo‘ladi.
Yer qa’ri uchastkalari «Ye-auksion» portaliga qo‘yiladi va uning bir gektari boshlang‘ich narxi BHMning 35 baravari (9 mln 450 ming so‘m) etib belgilanadi.
Ruxsatnomalar «Ye-auksion»dagi auksion yakunlari bo‘yicha faqat O‘zbekiston rezidentlariga 3 yilga beriladi.
Ruxsatnoma olganlar qazish ishlarini boshlashdan avval yozma ravishda hokimiyatni, Ekologiya, Sanoat xavfsizligi qo‘mitalari, Kon-geologiya inspeksiyasini xabardor qilishi kerak.
Qazib olingan qimmatbaho metallar qabul kassalariga, zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlarga sotiladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi