
O‘zbekiston 2022 yilning yanvar—fevral oylarida 114 million dollarlik meva va sabzavotlar eksport qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston yilning dastlabki 2 oyida eng ko‘p meva va sabzavot mahsulotlarini eksport qilgan davlat Qozog‘iston – 67,5 ming tonna. Keyingi o‘rinlarda Rossiya va Xitoy joylashgan. To‘liq ro‘yxat quyidagicha:
Qozog‘iston – 67,5 ming tonna;
Rossiya – 29,5 ming tonna;
Xitoy – 16,6 ming tonna;
Qirg‘iziston – 14 ming tonna;
Afg‘oniston – 6,8 ming tonna;
Pokiston – 3,3 ming tonna;
Ukraina – 3,3 ming tonna;
Turkiya – 3,2 ming tonna;
Eron – 2,5 ming tonna;
Ozarbayjon – 2,4 ming tonna;
Belarus – 2,2 ming tonna;
BAA – 1,4 ming tonna;
Germaniya – 553 tonna;
AQSH – 386 tonna.
Eksport qilingan mahsulotlar qiymati o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 33 ming tonnaga oshgan. Yanvar—fevral oylarida eksport qilingan meva va sabzavotlarda asosiy ulushni meva va rezavorlar tashkil etgan – 19,2 ming tonna.
Avvalroq Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekistonga 2022 yilning yanvar—fevral oylarida import qilingan oziq-ovqat mahsulotlari hajmida yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatlarni ma’lum qilgandi. Unga ko‘ra, oziq-ovqat importidagi eng yuqori ulush Qozog‘iston hissasiga to‘g‘ri keladi — 36,1 foiz.
Eslatib o‘tamiz, qo‘mita O‘zbekistonga 2022 yilning yanvar—fevral oylarida import qilingan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari qiymatini ham ma’lum qilgan. Unga ko‘ra, 2 oyda import uchun eng ko‘p xarajat qilingan mahsulot — bug‘doy (113,1 million dollar). Keyingi o‘rinlardan shakarqamish (59,6 million dollar) va margarin mahsulotlari (52,1 million dollar) joy olgan.
Yanvar—fevral oylarida importi uchun eng ko‘p xarajat qilingan mahsulot — bug‘doy (113,1 million dollar). Keyingi o‘rinlardan shakarqamish (59,6 million dollar) va margarin mahsulotlari (52,1 million dollar) joy olgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar