O‘zbekistonda Soliq kodeksiga foyda solig‘idan ozod qilish bo‘yicha o‘zgartirishlar kiritilmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev ma’lum qildi.
Unga ko‘ra maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilari foyda solig‘idan ular tomonidan kiritilgan investitsiyalar hajmiga qarab:
- 3 million dollardan 5 million dollargacha miqdorda — 3 yil muddatga;
- 5 million dollardan 15 million dollargacha miqdorda — 5 yil muddatga;
- 15 million dollari va undan yuqori miqdorda investitsiyalar kiritilganda — 10 yil muddatga ozod etiladi.
Ta’kidlanishicha, ushbu qonun loyihasini ishlab chiqishga prezidentning 2021 yil 14 sentabrdagi «Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilarini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-5243-son qaroridagi vazifalar va erkin iqtisodiy zonalarning 100 dan ortiq ishtirokchilari murojaatlari asos bo‘lgan.
Qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilingan.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning noyabrida O‘zbekiston Soliq kodeksiga bir qator o‘zgartirishlar kiritilgandi. Shavkat Mirziyoyev 16 mart kuni Davlat soliq qo‘mitasiga tashrif buyurib, soliq ma’murchiligini isloh qilish va sohaga axborot texnologiyalarini keng joriy etish masalalari yuzasidan o‘tgan yig‘ilishida sohada amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tgan edi.
«So‘nggi 5 yilda biz mutlaqo yangi soliq tizimini yaratdik. 2020 yilda ko‘p muhokamalar bo‘lganda ham biz yangi O‘zbekiston boshlanishiga munosib bo‘lgan yangi Soliq kodeksini qabul qildik. 13 tadan 9 taga soliq turlari kamaytirildi. Osmondan olib qilganimiz yo‘q. Sharoitlardan kelib chiqib qildik. Odamlar qachon bizdan rozi bo‘ladi? Soliq yuki kamayib, daromadlarimiz oshsagina, rozi bo‘ladi», — degan edi davlat rahbari. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi